Qulupnay tomchilatib sugʻorish usulida yetishtirilmoqda
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi agrofirma dala maydonida turkiyalik hamkorlar bilan 16 gektar maydonga ekilgan qulupnayni tomchilatib sugʻorish usuli tajribadan oʻtkazildi.
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi agrofirma dala maydonida turkiyalik hamkorlar bilan 16 gektar maydonga ekilgan qulupnayni tomchilatib sugʻorish usuli tajribadan oʻtkazildi. “Marisol”, “Camarosa”, “Albion”, “San Andres” qulupnay navlarida sinalgan bu usul oʻzini oqladi.
Agrofirma ish boshqaruvchisi Shamsiddin Oʻrinovning aytishicha, qulupnayning har gektaridan 30 sentnergacha hosil olish moʻljallangan. Qulupnaylar ichki bozordan tashqari eksportga ham chiqarilayapti.