Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani poytaxtga yaqinligi va ekin maydonlari serhosilligi bilan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish uchun qulay hisoblanadi. Yana bir qulayligi ekin maydonlari yo‘l bo‘ylarida joylashganligi tufayli dehqonlar uchun daladan xaridorgacha, sifatini buzmay yetkazib berish imkoni bor.
Ayniqsa bog‘ qator oralariga ekilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining dehqonga bir qancha ustun taraflari bor. Bir tarafdan bog‘lar yaxshi oziqlanadi, ikkinchi tarafdan olingan mo‘l hosil dehqonga bu qo‘shimcha daromad hamdir. Qulupnay mavsumining borishi va samarasi haqida bilish uchun yo‘l-yo‘lakay dala mehnatkashlari bilan suhbatlashdik.
- Aytingchi bu yil qulupnayning hosildorligi qanday va mavsum qachon yakunlanadi?
- Behi bog‘ining orasiga qulupnay ekdik, – deydi ijarachi To‘lqinjon Rajabaliyev. - Biz ham foydalanyapmiz, ko‘chatlar ham suv ichyapti. Hamkorlikda foydalanganimiz uchun soliqlardan ham yengillik bor. Hozir qulupnay tugash arafasida. Oldingi yillarda mana shu davrlarda endi mavsum boshlangan bo‘lardi. Bu yil bir xafta oldin pishib-yetildi. Oldingi yillarga qaraganda daromad bu yil yaxshi bo‘ldi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/P0Ld9E4YVMk" title="Qulupnay mavsumi yakunlandimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Asliddin Alijonov, Anvar Ahmedov, O‘zA