Qrim ko‘prigi odatdagi tartibda ishlamoqda
Harakatlarda cheklov yo‘q, ko‘prik odatiy tartibda ishlamoqda, deya ma’lum qildi Qrim rahbarining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi Oleg Kryuchkov, deb yozmoqda RIA Novosti.
Avvalroq Ukraina ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlari “Novofedorovkadagi aerodromda yuz bergan portlashdan keyin turistlar Qrimni ommaviy ravishda tark etmoqda, natijada ko‘prik oldida katta tiqin hosil bo‘lgan” qabilidagi ma’lumotlarni tarqata boshlagan edi.
"Yolg‘on xabarlarning bir qismi. Qrim ko‘prigi odatiy rejimda ishlamoqda. Cheklovlar yo‘q. Faqat rasmiy manbalarga ishonish so‘raladi", - deb yozdi Kryuchkov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi kanalida.
RF mudofaa vazirligi tarqatgan xabarga ko‘ra, seshanba kuni aerodromda qurol-yarog‘lar portlagan, aviatsiya texnikalariga ziyon yetmagan, voqea sabablari aniqlanmoqda. Jabr ko‘rganlar soni to‘qqiz kishiga yetgan, bir kishi halok bo‘lgan.