Bugun oq fonda sirli qora katakchalar tushirilgan tasvirlarni hamma joyda uchratamiz. Buni mahsulotlar, kommunal to‘lov yorliqlarida, jurnal va gazeta sahifalarida ham ko‘rishimiz mumkin.

QR-kod. Xo‘sh, bu belgi nima va u nima uchun hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Aslida u ko‘p miqdordagi axborotlarni uzatish yoki undan foydalanishni soddalashtirishda qo‘l keladi. bugungi kunda butun dunyoda elektron to‘lovlarni amalga oshirishda ham mazkur texnologiyadan keng foydalanilmoqda.

Davlat xizmatlari markaziga biror xizmat olish uchun borsangiz, sizning qo‘lingizdagi hujjatga biz doimo o‘rgangan pechat o‘rniga QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan va Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatni taqdim etamiz.

Biroq, ba’zi davlat xizmatini ko‘rsatuvchi idora va tashkilot vakillari mazkur kod haqida yetarli ma’lumotga ega emasligi oqibatida fuqarolarni ovora bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Hujjatda pechat yo‘q, deb qaytarish hollari ko‘p uchramoqda. Ovora bo‘lib yana Davlat xizmatlari markaziga kelib pechat qo‘yib berishni so‘rayotgan yurtdoshlarimiz ham yo‘q emas.

Aslida o‘sha hujjatga QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan bo‘lib, barcha ma’lumotlarni o‘zida jamlagan. Tegishli idora vakili pechat talab qilishi noto‘g‘ri. Sababi, o‘sha QR-kod qo‘yilgan elektron hujjat asl hujjatga tenglashtirilgan hisoblanadi va har qanday idora vakili qabul qilishga majbur.

Qayd etish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 sentyabrdagi qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi ma’lumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qat’iyan ta’qiqlangan.

Abdurahim Yuldashev,

DXA Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
QR-kod belgisi nimani anglatadi