Qozog‘istonlik bokschilar Toshkentga kelmaydi
Xabar berganimizdek, poytaxtimiz Toshkent joriy yilning 20-30 yanvar kunlari 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi qit’a chempionatiga mezbonlik qiladi.
Mazkur Osiyo chempionatida qit’aning 20 dan oshiq davlati ishtirok etishi kutilmoqda. Ammo, poytaxtimizda o‘tadigan boks musobaqalarida qozog‘istonlik bokschilar qatnashmaydi. Bu haqda Sports.kz nashri xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, Qozog‘iston milliy olimpiya qo‘mitasi ruy bergan voqealar munosabati bilan mamlakatda o‘tkaziladigan barcha sport tadbirlari hamda qozoq sportchilarining xalqaro musobaqalardagi ishtiroki vaqtincha to‘xtatilgan.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, qo‘shni davlat sportchilarining chempionatga kelish-kelmasligi bo‘yicha Qozog‘iston boks federatsiyasidan rasmiy munosabat bildirilmagan.
T. Ro‘ziyev, O‘zA.