Qozog‘istonda tashqi siyosat sohasida kadrlar almashinuvi sodir bo‘ldi, deb yozmoqda o‘lkaning “Aqorda” matbuot xizmati.
Unga ko‘ra, Murat Nurtleu tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etilib, Qozog‘iston prezidentining xalqaro investitsiyalar va savdo hamkorligi masalalari bo‘yicha yordamchisi etib tayinlandi.
Yermek Kusherbayevga esa Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri vazifasi yuklatildi. U shu paytgacha bosh vazir o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Qasim-Jomart Toqayev farmoni bilan Yerjan Qazixan Qozog‘istonning Jenevadagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi yangi doimiy vakili etib tayinlangan. Bunga qadar u Qozog‘iston prezidentining xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi bo‘lib ishlagan.
Shuningdek, manbaada Yerjan Ashikbayev Qozog‘istonning AQSHdagi elchisi lavozimidan, Zulfiya Suleymenova Qozog‘iston prezidentining xalqaro ekologik hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan ozod etilgani qayd etilgan.
O‘.Alimov, O‘zA