Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan o‘smirlar o‘rtasidagi J60 tasnifiga kiruvchi nufuzli turnirning juftlik bahslarida o‘zbek tennischilari g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, juftlik bellashuvlarida umidli tennischilarimiz – Danila Kvasov va Ahmadjon Toshmuhamedov tandemi, Nikita G‘afurov va Alan Zinatulin duetiga qarshi so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida o‘zaro raqobatlashdi.

O‘zbek derbisi deya nom olgan mazkur final o‘yinida Danila va Ahmadjon 3:6, 7:6 va 10:4 hisobida Nikita va Alan ustidan zafar quchdi. Natijada ular xalqaro turnirning bosh sovrinini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, finalga qadar barcha uchrashuvlarda zafar quchgan tennischilarimiz vitse-chempion nomiga sazovor bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘istonda o‘zbek derbisi o‘tkazildi