Qozog‘istonda 15 million fuqaroning shaxsiy ma’lumoti sotilganmi?
Qozog‘iston Raqamli rivojlanish vazirligi 15 million fuqaroning shaxsiy ma’lumoti internet orqali sotilgani haqidagi ommaviy axborot vositalari xabarlariga javob qaytardi.
Idora hali bu fakt tasdiqlanmagani, hozir tekshiruv davom etayotganini bildirgan.
– Keltirilgan ba’zi axborotlar elektron hukumat ma’lumoti tuzilishi va shakliga mos kelmaydi, – deyilgan bayonotda. – Xususan, “eGov” pasport skanerini aytilganidek saqlamaydi, raqamli hujjat boshqa formatda. Darknet foydalanuvchisi ma’lumot zaxirasining kelib chiqishi haqidagi bayonoti “eGov” xakerlik hujumi tasdig‘i, deb hisoblash to‘g‘ri emas.
Rossiyaning “Mash” Telegram kanali darknetda 15 million qozog‘istonlik fuqaro haqidagi axborot, jumladan pasport ma’lumoti, telefon raqami, elektron pochta manzili, ish joyi, hujjat skaneri va o‘ron taklif qiluvchi reklama paydo bo‘lgani haqida xabar tarqatgan. Ushbu ma’lumotlar internetda 32 000 dollarga sotilayotgani aytilmoqda.
S.Rahimov, O‘zA