Qozog‘iston Parlamenti Majlisi yetakchisi Samarqandda
Mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi raisi Yerlan Koshanov 27 oktyabr kuni Samarqandga keldi.
Samarqand xalqaro aeroportida mehmonni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddinjon Ismoilov va viloyat hokimligi mas’ullari kutib oldi. Yerlan Koshanov Samarqand bilan tanishuvni O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi. Mehmonga mazkur majmua va Hazrati Xizr masjidi haqida batafsil ma’lumot berildi. Shundan so‘ng, delegatsiya Amir Temur maqbarasida bo‘lib, Sohibqiron va temuriylar davri tarixi bilan yaqindan tanishdi. Registon maydoni va bu yerda namoyish etilgan milliy hunarmandlik buyumlari ko‘rgazmasi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
[gallery-14240]
Tashrif davomida Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi raisi Shohi Zinda yodgorligi, Mirzo Ulug‘bek muzey-majmuasida bo‘lib, yurtimiz tarixi, ilm-fani, madaniyatiga oid muhim manbalarga guvoh bo‘ldi.
G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat),
O‘zA muxbirlari