Ugom-Chotqol tog‘ tizmasi qalin qor bilan qoplangan. Qoyalar butkul yaxlagan. Soy yoqalab yo‘rmalab yurgan quyuq tuman kishi qalbiga qo‘rquv va dahshat soladi.

Atrof haddan tashqari sovuq. Harorat soniya sayin tushadi. Ayniqsa, bunday ob-havoda tog‘ va tog‘oldi hududlarida harakatlanish hammaning ham qo‘lidan birdek kelavermaydi. Ammo Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan mardlar ko‘kka tutashib ketgan qoyalarda yilning to‘rt faslida ham – qishin-yozin amaliy mashg‘ulotlarni olib boradi. Ular uchun har qanday qiyinchilik kasbiy tayyorgarlikni oshirish, malaka va bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ijodiy guruh Mudofaa vazirligi tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashqlar markaziga yetib borganida borliq qayta jonlangan edi. Harorat o‘n besh daraja sovuqni ko‘rsatmoqda. Kezib yurgan shabada yuz-ko‘zimizga og‘ir urilib, tikandek suqiladi. Et azoblanib, junjikadi. Yanvar quyoshi tog‘lar ortidan jonsiz nurlari bilan yerni o‘rab olgan qorni mayin erkalamoqda. Ozor yetishini istamaydi. Qorga burkangan toshlar yanada bahaybat va dahshatli ko‘rinadi...

Joylashuvdan so‘ng, amaliy mashg‘ulotlarga jalb etilgan harbiy xizmatchilarga ergashib, yo‘lga tushganimizga ham ancha bo‘ldi. Soy yoqalab qor ustidan ilondek sudralib ketyapmiz. Chunki bunday sharoitda harakatlar tamoman cheklanadi. Hamrohlarimiz – Vatan posbonlari to‘liq jangovar ko‘rinishda: egnida maxsus – qishda kiyiladigan kiyim, bir qo‘lda o‘qotar qurol, ikkinchisida chang‘i moslamalari, yelkada 10 kilogramm og‘irligidagi safar xalta, boshda esa himoya vositasi...

– Yerni qor qoplaganida, ayniqsa tepaga qarab yurish – tog‘larga chiqish insonning ham irodasini, ham jismoniy imkoniyatlarini bir vaqtda sinovdan o‘tkazadi, –  deydi tog‘ tayyorgarligi bo‘yicha katta yo‘riqchi kichik serjant Husniddin Xiziraliyev. – Shu boisdan markazdagi kurslardan o‘tgani kelgan harbiy xizmatchilarga yo‘nalishlar bo‘yicha faqat bilim berish bilan cheklanib qolmaymiz. Avvalo, ularni o‘z imkoniyatlariga ishontiramiz. Chunki bu o‘ta muhim masala. Aytishadi-ku, armiya eng so‘ngi qurol-aslaha va harbiy texnikalar bilan to‘liq butlansa ham, uning saflaridagi harbiy xizmatchilarning ruhiy sifatlari mustahkam bo‘lmasa, dushman bilan kechgan jangda shoshib qolishi, alaloqibat, mag‘lub bo‘lishi tayin. Buni bugun dunyo va mintaqada kuzatilayotgan janglardagi to‘qnashuvlarda ko‘rib, guvohi bo‘lyapmiz. Ana shuning uchun ham yigitlarni har jihatdan toblashga e’tibor qaratamiz. Tog‘da yurish, qurol qo‘llash, jamoa bo‘lib vazifalarni bajarish... Xullas, tajribadan o‘tgan, samarador uslublar o‘rgatiladi. Osondan murakkablashgan topshiriqlarda yurt o‘g‘lonlari zaruriy bilimlarga qisqa vaqtda ega bo‘ladi.

“Aslida har qanday cho‘qqini zabt etsa bo‘ladi”

Archalar ustiga oppoq ko‘rpa tashlangandek taassurot qoldiradi kishida.  Oyoq osti g‘irch-g‘irch qiladi. Ehtiyotkorlik bilan qadam tashlayman. Chunki qayta-qayta yog‘ilgan qor osti juda sirpanchiq – muzlagan. Oldinda borayotgan yo‘lboshchi – Mudofaa vazirligi tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashqlar markazi boshlig‘i mayor Atajon Atajonov baland qoya oldiga kelib, nihoyat to‘xtadi. Boshini ko‘tarib, tepaga uzoq qarab turdi. Keyin chuqur nafas olib, chiqardi. 

Guruh bir chiziqda saf tortdi. Hech kimga dam olishga ruxsat berilmadi. Hatto bizga ham. Chunki uzoq yo‘l yurilganidan tana qizib, terlagan. Demak, harakat bunday vaqtda cheklansa, mushaklar birdan yaxlashi, tortishib qolishi mumkin.

Yetakchi yoniga shaxsiy tarkib orasidan ilg‘or, tezkor, chaqqon va yetarli tajribaga ega harbiy xizmatchilardan birini chorladi. So‘ng unga 100 metr keladigan qoyaga tirmashib chiqib, arqonni mustahkamlashni tayinladi. O‘g‘lon ishga kirishdi.

– Ehtimol, qoyalarga chiqib-tushishni hamma ham o‘rganib, o‘zlashtirar, – deydi mayor Atajon Atajonov. – Ammo ayrimlar unga san’at darajasida qaraydi: hofiz torini yaxshi chalib, ovozini sayqallab, she’r dardini his qilib, kuylagani singari. Shundagina alpinist mukammallikka erishadi. Markazdagi kurslarga kelgan har bir harbiy xizmatchi dastlab vazifalarni kutilganidek bajara olmaydi. Chunki ularda yetarli ko‘nikma bo‘lmasligi mumkin. Shu sabab, dunyo armiyalari tajribasidan o‘rganib, amaliyotga joriy etilgan dasturlar orqali ularga bilimlar beramiz. Aslida har qanday cho‘qqini zabt etsa bo‘ladi. Faqat uning sirini bilish kerak. Qayerda-qanday harakat qilishni erinmay o‘rganish, tajriba to‘plash lozim. Alpinist bilan harbiy alpinistning farqi shundaki, biz to‘liq jangovar sharoitda harakatlanamiz. Qoyalarga chiqishda ham, uzoqqa yurishda ham. Bu esa qaysidir ma’noda imkoniyatlarni cheklaydi.

Harbiy xizmatchi toshlarni qordan tozalab, so‘ngra uni mustahkam ekanligiga ishonch hosil qildi. Ohista tepaga ko‘tarilib, har bir qoziqlarni xavfsizlik qoidalariga muvofiq qotirdi. Harbiy alpinist hatto sovuqda toshning mo‘rtlashishini ham e’tibordan qochirmagani diqqatga molik. Tepaga ko‘tarilish jarayonida zo‘riqish natijasida nafasimni rostlash bilan birga uning harakatlarini nazardan qochirmaslikka urindim. Chunki qoyaga ko‘tarilish sirlarini mukammal bilgan mutaxassis bilan yonma-yon toqqa chiqish imkoniyati har doim ham bo‘lavermaydi-da.

Arqon ilib, pastga tashlandi. Harbiy xizmatchining o‘zi ham ko‘p o‘tmay unga osilib, oldimizga tushdi. Uning kaftlaridan bug‘ ko‘tarilyapti. Barmoqlari sovuqdan qizarib, allaqanday ko‘rinish olgan. Lekin u bunga beparvo va bepisand qaraydi, nazariga ilmaydi. Cho‘ntagidan qo‘lqopni olib, shoshilmay kiyadi. Ko‘zlarida hech qanday charchoq yo‘q. Tanasining og‘irligini chap oyog‘iga tashlab, o‘ngini  oldidagi toshga tirab turibdi. Bu holatda turishi menga uni tog‘ arxarini eslatib yubordi.

“Qoya tilini bilmasangiz u sizni ayamaydi”

– Men bolalikdan tog‘u toshlarda o‘ynab, katta bo‘lganman, – deydi markaz katta yo‘riqchisi kichik serjant Shavkat Botirov. – Ehtimol, shuning uchun ham qoyalarga ko‘tarishish davomida qo‘rquvni his qilmasman. Har bir kasbning siri-asrori bo‘ladi. Uni yillar davomida o‘rganasiz. Izlanasiz. Yo‘lingizdan og‘ishmasangiz o‘z yo‘nalishingiz bo‘yicha hatto professional ham bo‘lib, shakllanishingiz mumkin. Mamlakatimizda va xorijda o‘tkazilgan turli musobaqalarda ishtirok etib, g‘alaba qozonganman. Raqiblarim mening natijalarimdan hayratda qolardi. Chunki berilgan vazifalarni soniyalar ichida ado etardim. Bu maqtanish emas, bor gap. O‘sha bahslarda o‘zim uchun qat’iy bir to‘xtamga kelgandim. Qachonki, kishi oldiga maqsad qo‘ya olsa, muvaffaqiyatga erishadi. Aksi bo‘lsa-chi? Unda arzimas to‘siq ham, ulkan qiyinchilik bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Qisqasi, qoya bilan tillashmasangiz, uni  eshitmasangiz, ayamaydi. Demak, alpinist tog‘ tili va dardini ham his etishi, so‘zlashishi kerak ekan.

Guruh qisqa vaqtda vazifalarni to‘laqonli ado etib, qoyalarni zabt etdi. So‘ngra keyingi topshiriqqa kirishildi. Endi o‘g‘lonlar uzunligi qariyb yuz, balandligi esa yigirma besh quloch keladigan soyning ikki chetidan arqon tortib, unda o‘tish amaliyotini bajarmoqda. Uch nafar harbiy xizmatchi himoya arqonini mahkam ushlab, safdoshlarining harakatlarini kuzatib turibdi. Bu yerda hamma bir musht bo‘lib tugilgan, bor diqqat-e’tibori vazifalarga qaratgan.

Shunday qilib, tog‘ bag‘ridagi maxsus yo‘lakdan o‘tish, belgilangan marrani egallash, niqoblanish va nishonlarga o‘t ochish borasidagi ko‘nikmalar yana bir bor mustahkamlandi.

Soat to‘rtdan oshganda moviy gumbaz tag‘in qoraydi. Allaqayerdan shamol shaxt bilan bostirib keldi. Qoyalar, archa va chakalakzordan o‘zi bilan olib kelgan qorni boshimiz uzra sochdi. Ko‘p o‘tmay qalin tuman biz turgan joyni qoplab oldi. Biroz oldin sachrab turgan jonsarak quyosh nurlari bora-bora yo‘qolib ketdi. Endi qor ham yog‘a boshladi. Biroq mashg‘ulotlar yakunlanmadi. Yigitlar hamon topshiriqlarni bajaryapti. Ular tabiatning bundan injiqligini ko‘raverib ko‘zlari qotgan. Hammalarining qaddi baland. Hech kim qilt etmaydi.

Ob-havoga qarab, xizmat qilinmaydi

– Vatan tinchligiga qalqon bo‘laman, deb qasam ichdingizmi, demak, unga so‘ngi nafasingiz qolguncha sodiq turishingiz shart, – deydi II darajali serjant Karim Muhiddinov. – Harbiylik esa faqat egningizga maxsus libos kiyib, u yoqdan bu yoqqa o‘tish bilan belgilanmaydi. Shunday ekan, unga munosib bo‘lishga harakat qilaman. Ayting-chi, qaysi kasbda qiyinchilik yo‘q? Aslida mashaqqat kishini toblaydi. Ko‘ryapsiz, biroz oldin havo ochiq, shamol kuchaymagandi. Ammo birdan bo‘ron turdi, qor yog‘di. Atrofni tuman o‘radi. Harorat yanada pasaydi. Yigitlarni ko‘ryapsizmi, ularning birortasi bajarib turgan vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani yo‘q. Qaramaydi ham. Chunki har birimiz nima uchun xizmat qilayotganimizni yaxshi anglab yetganmiz. Vatan – bizning borimiz, orimiz va g‘ururimiz. Uning tinchligini asrash hamisha gardanimizdagi vazifa, burchimiz deb bilamiz. Bir so‘z bilan aytganda, yilning to‘rt faslida ham, har bir olgan nafasida ham buni his eta olgan insongina, haqiqiy Vatan posboni bo‘la oladi.

Zo‘r berib yog‘ayotgan qordan izlarimiz butkul yo‘qoldi. Ust-boshimiz oppoq tusga kirdi, nam tortdi. Sovuq suyakka qadaladi. Lekin qush uchsa qanoti, cho‘pon yursa tayog‘i sinadigan tog‘larda toblangan Vatan himoyachilari keyingi o‘quv joyi tomonga yo‘l oldi. Deyarli holdan toygan holda ularning ortidan ergashdik.

Endi chang‘i bilan tog‘ va tog‘ oldi hududlarida harakatlanish usullari ko‘rib chiqilmoqda. Azamatlar ilonizi shaklida, qurolini jangovar ushlab olgancha pastga qarab ketyapti. Oyoqlarini esa biroz bukib, ko‘zlarini to‘g‘riga tikkan. Agarda biron-bir nishon chiqsa, uni yakson qilib, kulini ko‘kka sovurishga tayyor.

Qish kunlari juda qisqa. Quyosh tog‘lar ortiga cho‘kib ulgurgan. Hamma narsa oppoq tusda. Biroz oldin zabt etilgan qoyalar yanada vahimali va cheksizdek ko‘rinadi. Butun borliq sukutda, go‘yo. Faqat biz – harbiy xizmatchilar g‘arch-g‘arch qilib, qorni ayovsiz ezib, majaqlayapmiz, xolos.  Hamon qor parchalari boshimizga qo‘nadi. Uzoqdan miltillab shahar chiroqlarning jonsiz nurlari ko‘zga tashlana boshladi. Komandir guruh a’zolariga isinib olish uchun gulxan tayyorlashni aytdi. Avvaliga bu qiyin kechdi. Ammo har ishni uddasidan chiqa oladigan yigitlar bu topshiriqni ham qoyil qildi. Dastlab dimog‘imizni achitgan tutun biroz o‘tib huzurbaxsh kayfiyat uyg‘otdi. O‘ynoqlab lovullagan olovga yaqinroq joylashdik – doira shaklida o‘tirdik. Kiyimlarimizdan bug‘ ko‘tarila boshladi. Tana a’zolari bo‘shashdi. Charchoq biroz tindi. Mayor Atajon Atajonov guruhga keyingi kun vazifalarini yetkazdi.

“Qilich uzoq vaqt tursa, alaloqibat o‘tmaslashadi”

– Qilich bir joyda uzoq vaqt osiqlik tursa, alaloqibat o‘tmaslashadi, – dedi mayor Atajon Atajonov. – Shu sabab uni ishlatib turish kerak. Shunda hech qachon kesmay qolmaydi. Odam-chi? U ham qilichday gap. Bilimini, kuchini, qisqasi, o‘zini toblashi lozim. Ana shunda mahoratli bo‘ladi. Amaliy mashg‘ulotlarning samaradorligi mustahkam nazariya va tinimsiz izlanishga bog‘liq ekanini ham ko‘rdik. Markazdagi kurslarda nafaqat Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalarining harbiy xizmatchilari, balki xorijlik hamkasblar ham malaka oshirib ketadi. O‘quv dasturlaridan joy olgan mashg‘ulotlarning murakkabligi uncha-buncha mutaxassisni toliqtirib qo‘yishi aniq. Aslida maqsadimiz ham kelgan o‘rganuvchilarga yangi bilimlar berishdan iborat.

O‘rtada o‘ynoqlayotgan olov tili hammamizning oyoq kiyimlarimizni silab o‘tadi. Nam tortgan o‘tin og‘rinib, erinib yonadi. Undan ajralib chiqayotgan achchiq va yoqimsiz tutun dimog‘ni qirib, ko‘zni achitadi. Olov ustiga hovuchlab-hovuchlab qor tashlandi. So‘ngra pastga – markazga qarab yo‘lga tushdik. Onda-sonda, sirpanib, tebranib-tebranib ketishimizni aytmasa, endi qadam olishimiz ham tezlashgan.

Ko‘p yurmay miyamga urilgan o‘yning zarbidan joyimda taqqa to‘xtadim. Yonimdan harbiy xizmatchilar lip-lip o‘taverdi. O‘rtada ketayotgan – kichik serjant Husniddin Xiziraliyev:

– Toliqdingizmi, yordam kerak emasmi, – dedi u oldimga kelib, jarangdor ovozda. Hammasi joyida ekanini aytdim.  Kichik serjant yo‘lida davom etarkan, birdan oyog‘i toyib, chayqalib ketdi. Ammo safdoshi uning tirsagidan ushlab qoldi.

Ohista, ammo ishonch bilan yurib borayotgan yigitlar o‘tib ketaverdi. O‘zimni ikki-uch qadam chetroqqa oldim. So‘ngra ularning yuzlariga nigohimni qaratdim. Atrof xira-shira bo‘lsa-da, bugun kashf etgan qahramonlarimning yuzidagi ifodani yaxshilab eslab qolishga tirishardim. Chunki mana shu alp o‘g‘lonlar kun bo‘yi murakkab vazifalarni bajardi. Noqulay sharoitda qoyalarga chiqib tushdi. Lekin nigohida, qadamlarda charchoq alomatlari umuman yo‘q edi. Hammalari ulug‘ jangda zafar quchgan pahlavonlardek gavdalarini mag‘rur tutgancha ilgarilab borardi. Demak, Vatan ishqi bilan tun bag‘rini o‘yib, tong ottirgan odam hech qachon bukilmas ekan. Aksincha, kuchu g‘ayratga to‘lib-toshib, qaynab yuradi. Chunki undaylar kindik qoni to‘kilgan zaminni muqaddas biladi. Bu ularni ilohiy in’omga – bitmas-tugallanmas shijoat tomon yetaklaydi.

Kapitan Shohrux SAIDOV,

“Vatanparvar” muxbiri.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoyalar tilini yaxshi bilgan mard va jasur o‘g‘lonlar harakatida xato bo‘lmaydi