Makonim Nurota tog‘lar orasi, Otim Ergash Jumanbulbul bolasi,–

deya o‘z nasabini betakror doston va termalarga muhrlab ketgan ulkan baxshi tug‘ilib o‘sgan yurt– Samarqand  viloyatining Qo‘shrabot tumanida “Qo‘rg‘on dostonchilik maktabi va Ergash Jumanbulbul o‘g‘li merosi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman  hamda “Qo‘shrabot navosi–2025” respublika baxshichilik tanlovi boshlandi.

 Respublika baxshichilik san’ati markazi va Qo‘shrabot tuman hokimligi shafeligida ikkinchi marta o‘tkazilayotgan mazkur festivalga mamlakatimizning turli burchaklaridan 70 nafarga yaqin  taniqli va havaskor baxshilar, folklorshunos olimlar, baxshichilik san’atining  boshqa namoyandalari, shuningdek, Xitoy va Turkiya davlatlaridan mehmonlar tashrif buyurdilar. Festival doirasining qamrovi kengayib borayotgani Ergash Jumanbulbul o‘g‘li merosiga va umuman baxshichilik san’atiga qiziqish tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.

–Ergash Jumanbulbul o‘g‘lidan moddiy meros qolgani yo‘q, lekin undan juda ham boy, ulkan ma’naviy meros qolgan,– dedi anjuman ishtirokchisi, Samarqand davlat arxitektura universiteti professori, arxitektura fanlari doktori, mashhur baxshining qishloqdoshi Aktam O‘rolov. – Biz uni asrab-avaylab, bor go‘zalligi va mohiyati bilan kelgusi avlodlarga yetkazishimiz lozim. O‘ylaymanki, bugun boshlangan xalqaro anjuman ana shu ezgu niyatga xizmat qiladi.

Binobarin, Ergash Jumanbulbul o‘g‘lidan folklorshunos olimlar tomonidan 33 nomdagi xalq og‘zaki ijodi namunalari yozib olingani mashhur baxshi qoldirgan madaniy meros naqadar ulkan ekanligidan dalolat beradi.

10-11-12 may kunlari o‘tadigan anjuman poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli san’atkorlar ishtirokidagi konsertlar va boshqa madaniy tadbirlar bilan uyg‘un holda chinakam xalq sayliga  aylanadi.

Norbobo Shakarov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘shrabotda xalqaro anjuman va baxshilar tanlovi