Nukusda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi fraksiyasining 2022 yil yakunlariga bag‘ishlangan qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi raisi, partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi fraksiyasi rahbari Xalilla Yeshimbetovning partiya Ijroiya qo‘mitasi va fraksiyasining 2022 yildagi faoliyati bo‘yicha hisoboti tinglandi.  

Ta’kidlanganidek,  davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasida Yangi O‘zbekistonni “ijtimoiy davlat” tamoyili asosida qurishni va buni Konstitutsiyada mustahkamlash kerakligi ta’kidlandi. Bu O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining dasturiy maqsadlarining asosiy g‘oyasi hisoblanadi va aholini ijtimoiy qo‘llab-qo‘vvatlash bosh maqsad etib belgilanganligi, shuning uchun ham Prezidentimizning fikrlarini qo‘llab-quvvatlab, partiya tashkilotlarining ushbu yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlarda faol ishtirok etishi zarurligi qayd etildi.    

Bunda birinchi navbatda, ta’lim va tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, barcha islohotlarimiz zamini bo‘lgan mahallaning nufuzini oshirishga alohida  e’tibor qaratiladi. Shundan kelib chiqib barcha darajadagi deputatlar va partiya kengashlari ijtimoiy yo‘nalishda, shu jumladan, ta’limda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etib, jamoatchilik va deputatlik nazoratini olib borishlari zarurligi qayd etildi.  

[gallery-10547]

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi Ijroiya qo‘mitasi faoliyati partiyaning ustavi, dasturi, saylovoldi dasturi hamda 2022 yilga mo‘ljallangan reja, manzilli chora-tadbirlar va “Yo‘l xaritasi” ga muvofiq olib borildi. Hisobot davrida partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarining mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazish va tushuntirish maqsadida bir qator targ‘ibot, tashviqot tadbirlari tashkil etilib, ularda 28 ming 215 nafar ishtirokchi qamrab olindi.  

Partiya elektorati manfaatlari himoyasiga qaratilgan “Deputat mahallada” “Ayollarga ko‘mak”, “Yoshlarga ko‘mak” “Deputat va yoshlar” “Ezgulik”, “Ayollar bilan yuzma-yuz”, “Mahallada kambag‘al oilalar sonini kamaytirish”, “Mehr ulashaylik”, “Xalq bilan muloqot – muammolarni samarali, tezkor hal qilish omili”, “Sog‘lom ayol kerak hayotga” va boshqa shu kabi amaliy loyihalar o‘tkazildi. Ushbu loyihalar doirasida 145 nafar xotin-qizni kasb-hunarga o‘qitishga ko‘maklashildi, 12 nafarining bandligi ta’minlandi, 15 nafariga o‘z tadbirkorligini boshlashga yordam ko‘rsatildi.  Shuningdek, 89 nafar kasb-hunar o‘rganish istagini bildirgan yosh “Ustoz shogird” tarzida biriktirildi. 171 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, ularni qiynab kelayotgan muammolar o‘rganildi. Ushbu oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar tarqatildi. “Sog‘lom ayol kerak hayotga” loyihasida 62 marta bepul tibbiy ko‘rik tashkil etilib, ularda 585 nafar xotin-qiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Fraksiya hamda deputatlik birlashmalar a’zolari Jo‘qorg‘i Kenges qo‘mitalari majlislarida, sessiyalarda, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun loyihalarini ishlab chiqish, amaldagi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish jarayonlarida o‘zlarining taklif va mulohazalari bilan faol ishtirok etmoqda.  

Jumladan, Oliy Majlisdagi partiya fraksiyasi tomonidan yuborilgan qonun loyihalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi va partiya kengashlari bilan hamkorlikda 2022 yilda 48 ta qonun loyihasining joylardagi muhokamasi tashkil etilib, 20 ta taklif berildi. Jo‘qorg‘i Kengesdagi partiya fraksiyasi tashabbusi bilan yolg‘iz keksalar, boquvchisi yo‘qotgan oilalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga hamda olis hududlarda istiqomat qiluvchi extiyojmand oilalarga yordam ko‘rsatish maqsadida 207 ta mahalladagi 650 xonadonning muammolari o‘rganildi va amaliy yordam ko‘rsatildi.  

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi, Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlaridagi deputatlik guruhlari tashabbusi bilan 108 ta masala partiya guruhlarida, 105 ta masala doimiy komissiyada, 84 ta masala sessiyalar kun tartibiga kiritib, tegishli qarorlar qabul qilindi.  

Hisobot davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi, Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlaridagi deputatlik guruhlari tomonidan dolzarb muammolar yuzasidan 52 marta davlat hokimlik organlarining axboroti tanqidiy eshitildi va eshituv yakunlari bilan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan tegishli vazifalar belgilandi.  

bugungi kunda partiya kengashlari qoshida fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va elektoratni tashvishlantirayotgan asosiy muammolarini o‘rganish maqsadida “Jamoatchilik qabulxonalari” faoliyat yuritadi. O‘tgan yilda “Jamoatchilik qabulxonalari” ga jami 1052 murojaat kelib tushgan. Ularning 89,8 foizi deputatlar va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ijobiy hal etilgan.  

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tashabbusi bilan barcha darajadagi deputatlarning o‘z saylov okruglarida bo‘lishi hamda aholi bilan muloqot qilishi, ularning muammolarini o‘rganish maqsadida har oyda “Dolzarb 10 kunlik” joriy qilingan. Bu aholi muammolariga yechim topish, saylovchilar bilan doimiy aloqada bo‘lish imkonini bermoqda. Shu kunga qadar deputatlar tomonidan 364 ta muammoli masala aniqlandi hamda ularning 350 tasi hal etildi.  

Sharoiti og‘ir bo‘lgan, kam ta’minlangan fuqarolarning turmush darajasini yaxshilash borasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi tashabbusi bilan Orolbo‘yida “Mehr harakati” boshlandi.  Ushbu tashabbus doirasida deputatlar faol ishtirok etib, o‘z saylov okrugi hududidagi sharoiti og‘ir bo‘lgan xonadonlardan xabar olib, aniqlangan mavjud muammolari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechimini topmoqda.  

Qo‘shma yig‘ilish davomida yurtimizda olib borilayotgan islohotlar jarayonida faol ishtirok etish, partiya tashkilotlari va deputatlik birlashmalari faoliyatini yanada jonlantirish, partiya saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni hayotga tadbiq etishdagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.  

Dovud ABIBULLAEV,  

Maqsad HABIBULLAEV O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘shma majlis: yutuq va kamchiliklar sarhisobi