O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida” qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 14-bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“14. Bojxona organlari tomonidan real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvi vositasida soliq organlariga O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 133-moddasiga muvofiq tovarlar bojxona chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun asos bo‘ladi. 

Bunda eksport operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq organlariga taqdim etish talab etilmaydi.

Eksport operatsiyalari bo‘yicha soliq summasi o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi arizaga quyidagi hujjat va ma’lumotlar ilova qilinadi: 

tovarlar eksport qilinganligi hamda chet el hamkorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 

tovarlar eksportga vositachi (ishonchli vakil) orqali vositachilik (topshiriq) shartnomasi bo‘yicha realizatsiya qilinganda, eksportni tasdiqlash uchun komitent (ishonch bildiruvchi) tomonidan qo‘shimcha tarzda soliq to‘lovchining vositachi yoki ishonchli vakil bilan tuzilgan vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasi (shartnomaning ko‘chirma nusxasi);

yo‘lovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yo‘nalishda tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilganda ushbu Nizomga muvofiq shaklda to‘ldirilgan yo‘lovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yo‘nalishda tashish bo‘yicha yagona xalqaro tashish hujjatlari reyestri. 

Eksport operatsiyalari bo‘yicha ma’lumotlar Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi hamda soliq va bojxona organlari o‘rtasida axborot almashinuvi tizimida mavjud bo‘lmaganda arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi talab etiladi: 

kontrakt (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi); 

tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish uchun asos bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyasi; 

O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar ortilgan transport vositalari bojxona chegarasini kesib o‘tganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan tovarning kuzatuv hujjatlari; 

valyuta tushganligini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomasi; 

tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun amalga oshirilayotgan faoliyatning turiga qarab boshqa hujjatlar”. 

Ushbu qarorga muvofiq, amalga kiritilayotgan o‘zgartirishlardan kelib chiqib, axborot tizimlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘shimcha qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritiladi