Ish beruvchilar va xodimlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida ish vaqtidan tashqari ish uchun haq to‘lash va uning davomiyligini soddalashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, endilikda ish vaqtidan tashqari ishning bir kunda birinchi ikki soati uchun kamida bir yarim hissa miqdorida, ikki soatdan ortiq qismi uchun kamida ikki hissa miqdorida (mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan ishlarda – har bir soati uchun kamida ikki hissa miqdorda) haq to‘lanishi belgilanmoqda. Ishchilarning manfaatlari bilan bog‘liq normalar yanada aniqlashtirilmoqda. Amalda ikki hissa miqdorida haq to‘lash belgilangan, ammo miqdorning yuqoriligi uni ta’minlashni qiyinlashtirib kelayotgan edi. 

Shuningdek, amalda xodimni bir yil ichida 120 soatdan ortiq ish vaqtidan tashqari ishga jalb etish mumkin emasligi haqida me’yor bor. Ammo xalqaro va xorijiy tajribada bu me’yor ko‘proqligi hisobga olinib, endilikda me’yor ikki kun davomida to‘rt soatdan oshmasligi belgilanmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartishlarga ko‘ra, mavjud 120 soatlik cheklovni olib tashlash va qo‘shimcha ish uchun 1,5 baravar miqdorida haq to‘lash taklif qilinmoqda. 

Mazkur qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Fraksiya a’zolari bugungi kundagi real vaziyatdan kelib chiqib, ishchi-xodimlarning huquqlari himoyasini kuchaytirish, ish vaqtidan tashqari ishlangan davr uchun adolatli haq to‘lash masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Tashabbuskorlarga partiya elektorati manfaatlaridan kelib chiqib, bir qator takliflarni bildirdi. 

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘shimcha ish vaqti uchun 1,5 baravar haq to‘lash taklif qilinmoqda