Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan “Bir bo‘lsak –yagona xalqmiz, birlashsak –Vatanmiz!” shiori ostida “Save Aral – 2024” ommaviy yugurish musobaqasi tashkil etildi.

Ommaviy yugurish marafoni tumanning Imom Buxoriy mahallasidagi Mustaqillik ko‘chasidan start oldi.

Musobaqaning ochilish marosimida tuman hokimi Akmal Ostonov so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilarini Mustaqilligimizning 33 yilligi bilan muborakbod etib, ishtirokchilarga omad va zafarlar tiladi.

Tonggi soat 7:00 da start berilgan yugurish musobaqasida 5 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan 3 mingga yaqin ishtirokchi Yoshlar bog‘igacha bo‘lgan 3 km masofa bo‘ylab, g‘oliblik va salomatlik uchun yugurishdi.

–Marafonda 5 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan yurtdoshlarimiz qatnashdi, –deydi Qorovulbozor tumani hokimining o‘rinbosari Said Qo‘shshayev. -Yugurishga kelganlar orasida 5-6 yoshli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari, umumta’lim maktablari va texnikumlar o‘quvchilari, uyushmagan yoshlar, ishchi-xizmatchilar, harbiylar, nafaqadagi otaxon, onaxonlar, nogironligi bo‘lgan, jumladan, tug‘ma nuqsoni bo‘lgan yurtdoshlarimiz ham ishtirok etdi.

Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar tashkilotchilarning diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Zarif Komilov,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qorovulbozorda ommaviy yugurish musobaqasi