FOTOREPORTAJ
Tog‘larda qish fasli o‘ziga xos go‘zal va maftunkordir. Butun borliq qor bilan qoplanib, atrof sehrli ko‘rinishga ega bo‘ladi. Qorli cho‘qqilar o‘z qudrati va ulug‘vorligi bilan ko‘zni qamashtiradi. Qishda tog‘larda hukm suradigan tinchlik va osoyishtalik ayniqsa, shaharning shovqin-suronidan charchagan kishilar uchun xush yoqadi.
[gallery-21150]
Tog‘ cho‘qqisiga chiqish va qorli landshaftning ajoyib manzarasidan bahramand bo‘lishdan ko‘ra go‘zalroq narsa yo‘q. Bunday qorli tog‘lar butun dunyo sayyohlarini o‘ziga jalb qiladi, ular bu yerga qishning ulug‘vor go‘zalligidan bahramand bo‘lish va tabiat quchog‘ida o‘zini erkin va xotirjam his qilish uchun keladi.
Jamshid NORQOBILOV(surat),O‘zA