Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida qoraqalpoq yoshlarining bandligini ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Mehnat yarmarkasida Farg‘ona viloyatidan 16 ta ish beruvchi korxonalar 250 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.
Taklif etilgan bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ish beruvchi korxonalarning rahbar va mas’ullari yoshlarga barcha zarur ma’lumotlar hamda ularni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berdi. Farg‘ona viloyati bo‘yicha yoshlarning mutaxassisligini inobatga olib ishga taklif etildi.





- Mehnat yarmarkasi davomida 108 nafar yoshlar Farg‘ona viloyatida ishlash istagini bildirib, ularga yo‘llanma berildi, - deydi viloyat hokimi o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov. - Shuningdek, Bo‘zatov tumanidan biriktirilgan 6 nafar yoshlarning 3 nafari Farg‘ona viloyatiga, 3 nafari Nukus shahrining o‘zida bandligi ta’minlandi. Bundan tashqari, Rishton tumani kulolchiligi namunalariga qoraqalpoq yoshlari tomonidan katta qiziqish bildirilib, ularning takliflari asosida “Rishton kulolochiligi” yo‘nalishini Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Ishga marhamat” monomarkazida ochish bo‘yicha Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishib olindi.
M.Sulaymonov, O‘zA