Qoraqalpog‘istonliklar musobaqa g‘olibi bo‘ldi
O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashi tasarrufidagi sport maktablarida faoliyat yuritayotgan xodimlardan iborat erkaklar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan gandbol bo‘yicha respublika turnirining final bosqichi yakunlandi.
Toshkent viloyati Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Namangan viloyati, faxrli uchinchi o‘rin Farg‘ona viloyati gandbolchilariga nasib etdi.
Nukus temir yo‘l vokzalida musobaqa g‘oliblari tantanali kutib olindi.

Ayollar jamoalari o‘rtasidagi bahslar davom etmoqda.
Dovud ABIBULLAEV, O‘zA