| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
Qoraqalpog‘istonlik bolajonlar Bo‘stonliqda
Toshkent Janubiy vokzalida Mo‘ynoq tumani va Nukus shahridan kelgan 308 nafar o‘quvchilar kutib olindi. Ular Toshkent viloyatining xushhavo manzilidagi oromgohda ta’tilni maroqli o‘tkazishadi.
Mehmonlarni Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshid Bobojonov boshchiligidagi mutasaddilar kutib oldi. Qoraqalpog‘istonlik o‘quvchilar 12 kun davomida miriqib hordiq chiqarishadi. Ularning dam olishi uchun maxsus dastur asosida turli tadbirlar tashkil etilishi belgilangan. Bolajonlar Bo‘stonliq tumanidagi OKMK tasarrufidagi “Gulzor” oromgohiga joylashtirildi.
Oromgohga kelgan bolalar tantanali kutib olindi. Kombinat kasaba uyushmasi Kengashi faollari mavsumning maroqli o‘tishi uchun barcha sharoitlarni hozirlashgan.
– Bolalar uchun ta’tilning eng qiziqarli davri “Gulzor”da bo‘lishiga ishonaman, – deydi OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi ijtimoiy himoya bo‘yicha mutaxassisi Feruza Bazarova. –Malakali va faol yetakchilarni jalb etgan holda bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun turli ko‘ngilochar dasturlar, sport va badiiy tanlovlar uyushtirish rejalashtirilgan. O‘ylaymanki, ular 12 kun davomida olam-olam taassurotlar olishadi.
Oromgohga kelgan bolalar yuz ko‘zlarida porlab turgan quvonch ularning mamnunligini ifoda etmoqda.
–Tabiati go‘zal, ob-havosi toza, salqin joy ekan. Menga juda yoqdi, – deydi nukuslik Farangiz Maxsetbayeva. – Miriqib hordiq chiqaramiz. Biz jonajon O‘zbekistonimiz hamisha mana shunday tinch, osuda va serfayz bo‘lishini istaymiz.
A.Musayev, O‘zA.
Muallif: abdulazizmusayev




