Qoraqalpog‘istonga «Prezident sovg‘asi» yetib keldi
Toshkent shahrida «Universiada-2020» sport musobaqalarining final bosqichida sovrinli 2-o‘rinni egallagan Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoasiga «Prezident sovg‘asi» topshirilgan edi.
Mazkur sovg‘alar Nukus shahriga yetib keldi.
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida «Prezident sovg‘asi» karvonini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
«Prezident sovg‘asi» 80 million so‘mlik sport inventarlaridan iborat.
Eslatib o‘tamiz, «Universiada» sport musobaqalarining final bosqichlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan sportchilar umumiy 62 medalni qo‘lgan kiritgan bo‘lib, shundan 32 ta medal institut talabalari tomonidan olingan edi.
Ye.Qanoatov,
O‘zA