Joriy yil 1 va 2-iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan voqealar koʻp millatli Oʻzbekiston xalqining tinchini buzdi.

Bugun Oʻzbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila boʻlib yashaydi. Oʻzbekistonni umumiy uyimiz, deydi. Biz qaysi millat yoki elat vakili boʻlmaylik, mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalikdan quvonib, kun sayin taraqqiy topayotgan Vatanimizdan faxrlanib yashaymiz. Tinch-osuda oʻtgan har bir kunimizga shukronalar aytamiz.

Bu oliy neʼmatga koʻz olaytiruvchilar qimirlab qolganligini qoʻshni mamlakatlar misolida koʻrib, har safar vujudimizni bunday gʻalamislarga nisbatan nafrat egallardi. Nukusda boʻlgan notinchliklar minglab yillardan buyon tarixi bir, ildizi bir, oʻzagi bir, turmushi bir, tiliyu dili va dini bir boʻlgan yurtdosh doʻstlarimizning ishi emasligi oydek ravshan.

Vaziyatni oʻz koʻzimiz bilan koʻrish uchun bir guruh mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar 6-iyul kuni Nukus shahriga bordik. Ommaviy tartibsizliklar boʻlgan maydonlarni koʻzdan kechirdik.

Eng muhimi, Qoraqalpogʻistonda tinchlik va osoyishtalik hukm surmoqda. Koʻchalarda odatiy hayot tiklangan, maktab va bogʻchalar, ijtimoiy obyektlar ishlab turibdi. Bozorlarda odamlar gavjum.

Mard va donishmand qoraqalpoq qadrdonlarimiz vaziyatni toʻgʻri tushungan holda, provokatsiyalarga uchmasdan, ommani toʻgʻri yoʻldan toydirishga urinayotgan ayrim gʻaraz niyatli shaxslarning gapiga kirmay, oʻz vaqtida tartibsizliklarni toʻxtatishgan.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi komendaturasi vakili Zafar Alimov oʻsha kungi voqealar hamda hozirgi holat haqida batafsil maʼlumot berdi:

"– 2022-yilning 1-iyul kuni soat 14:00 da Tajimuratov Dauletmurat Mirzamuratovich Nukus shahri “Qum ovul” MFYda joylashgan «Salmen ota» masjidi yonida juma namozini oʻqib chiqayotgan fuqarolarga murojaat qilib, 5-iyul kuni soat 17:00 da mitingga chiqishga chaqiradi. Uning chaqirigʻi yozilgan videolavhalar tarafdorlari tomonidan internet tarmogʻiga joylashtirilib, tarqatiladi. Huquqni muhofaza qiluvchi organ masʼul xodimlari tomonidan Tajimuratov Dauletmurat aholini mitingga chaqirishdan koʻzlangan maqsadi nima ekanligini aniqlash va miting oʻtkazish tartibini tushuntirish hamda profilaktik suhbat oʻtkazish maqsadida Nukus shahar IIO FMBga olib kelinadi.

Shundan soʻng, 20-25 nafar fuqaro «D.Tajimuratov hibsga olindi» deb, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV 2-son Tergov hibsxonasi oldiga yigʻilishadi va Nukus shahri “Mir” koʻchasi boʻylab T.Qayipbergenov koʻchasi orqali “Markaziy dehqon bozori” tomonga qarab norozilik yurishini amalga oshirishadi.

Yoʻl-yoʻlakay ular boshqa fuqarolarni ham oʻzlari bilan birga yurishga chaqiradi. Namoyishchilar soni ortib, qisqa vaqt ichida 10 mingga yetadi.

Shu fursatda fuqarolarni tinchlantirish uchun tegishli choralar koʻrilib, voqea joyiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi M.Kamalov, ichki ishlar vaziri A.Orinbayev va boshqa rahbarlar yetib boradi. Ular bilan uchrashib, talablarini eshitadi.

Joʻqorgʻi Kenges raisi M.Kamalovga fuqarolar D.Tajimuratovni shu yerga olib kelish talabini qoʻyishgandan soʻng, u yerga D.Tajimuratov olib kelinadi. Namoyishchilar olomondan foydalanib, Joʻqorgʻi Kenges raisi M.Kamalovning xizmat avtomashinasining tom qismiga D.Tajimuratovni chiqarib, unga toʻn kiydirib, yangi rahbar deb eʼlon qilmoqchi boʻladilar.

<iframe width=““1280”” height=““720”” src="https://www.youtube.com/embed/fUeoO_rKWgo“ title=”“Qoraqalpogʻistondagi“ voqealar=”“ haqida=”“ yangi=”“ maʼlumotlar=”“ berildi”=”“ frameborder=”“0”“ allow=”accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture“ allowfullscreen=”"></iframe>

Yigʻilganlar bilan muzokaralar olib borilishiga qaramasdan, ular amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda oʻzgartirish, hokimiyatni bosib olish, qonuniy tayinlangan hokimiyat vakilini chetlatish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi binosi tomon qarab harakatlanadilar. Ular harakat davomida oʻzlari bilan turli yogʻoch tayoq, tosh, temir jismlarni koʻtarishib, harbiy xizmatchilarga faol qarshilik koʻrsatishadi. Shuningdek, tartibbuzarlar harbiy xizmatchilarning qonuniy talablariga boʻysunmasdan, ulardan maxsus vositalarini tortib olishga urinishadi.

Olomonni Joʻqorgʻi Kenges binosi atrofida ommaviy tartibsizliklari ularga tushuntirish ishlari olib borilishi, XMQOlarning kuch vositalari taqsimlab qoʻyilishi, maxsus vositalarning oʻz vaqtida toʻgʻri qoʻllanilishi natijasida bartaraf etilishiga erishiladi.

2022-yilning 2-iyul kuni esa soat 08:00 larda Tajimuratov Dauletmuratning yashash xonadoni oldida 70 nafar mahalla aholisi toʻplanadi. Tezkor koʻrilgan choralar natijasida ular soat 08:40 da tarqatib yuboriladi.

Biroq Qoraqalpogʻiston Respublikasining baʼzi tumanlarida ham fuqarolar toʻplanib, Nukus shahri tomon harakatlanadilar.

Namoyishchilarning bir qismi ularga tushuntirish berilganidan soʻng tarqaladi. Lekin qolgan jinoiy unsurlar tomonidan daʼvat qilinganlari Nukus shahri tomon harakatlanadilar. Olomon oʻz talablarini tinchlik yoʻli bilan rahbariyatga yetkazmasdan, tartibbuzarliklar keltirib chiqara boshlaydi.

Misol tariqasida keltirib oʻtadigan boʻlsak, shu kuni soat 13:40 larda Shumanay – Qonlikoʻl tumanlari kesishmasida joylashgan “Sarioltin” MFYdan oʻtuvchi avtomagistral trassada taxminan 50 nafar fuqaro toʻplanib, yoʻlni toʻsishadi;

Soat 14:45 larda Nukus tumanidagi Xalq banki binosi oldida toʻplangan 500 ga yaqin fuqaro Nukus shahridagi blok-postga hujum uyushtirib, xizmat olib borayotgan 8 nafar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga tan jarohati yetkazib, ularning maxsus vositalarini (ratsiya, dubinka, kaska, shumovaya granata, щit) egallab olishadi;

Soat 15:00 larda Nukus shahar “Imom eshon Muhammad” masjidi oldida taxminan 300 nafar fuqaro toʻplanib, avtomashinalarning shinalarini yoqib yuborishadi;

Soat 15:05 larda Nukus shahar Oydin yoʻl koʻchasi boʻylab taxminan 500 nafar fuqaro toʻplanib, avtomashinalarning shinalarini yoqib, bekatlar oynalarini sindiradi va qoʻllarida shisha idishlardan yasalgan (kokteyl molotova) hamda tosh va amalda jarohat yetkazishi mumkin boʻlgan vositalar bilan qurollanib, Ichki ishlar organi binosini egallash maqsadida Nukus shahar IIO FMB binosi tomon harakatlanishadi;

Soat 20:00 larda Kegeyli tumanidan Nukus shahriga kirish qismida joylashgan «Kuoʻanish Jarma» blok-postiga olomon tomonidan 20 taga yaqin ogʻir va yengil avtomashinada hujum qilinadi va blo- post yoqib yuboriladi;

Soat 21:15 larda Nukus shahar IIO FMB “Maxsus qabulxonasi”ga taxminan 200 nafar fuqaro tomonidan hujum qilinib, bino hududi atrofida avtomobil balloni yoqib yuboriladi.

Bundan tashqari, tartibbuzarlar Nukus shahri koʻchalarida harakatlanayotgan fuqarolarga tegishli “MAN” va «KAMAZ» rusumli avtomashinalarni hech bir sababsiz yoqib yuboradi, XMQOga tegishli maxsus transport vositalariga turli darajada shikastlar yetkazadi.

Shundan soʻng soat 22:35 larda mazkur holatlarga barham berish maqsadida yordamchi kuchlar zudlik bilan yetib keladi va «dыmovaya shashka» maxsus vositalari orqali toʻplangan fuqarolarning bir qismini tarqatishga erishiladi. Soat 04:30 larda esa namoyishchilarning qolgan qismi ham toʻliq tarqatib yuboriladi.

Namoyishchilar orasida agressiv harakat qilayotganlarining aksariyati spirtli ichimlik va giyohvand moddalar taʼsiri ostida boʻlgani va ular XMQO xodimlariga turli koʻrinishda hujumlar qilganligi kuzatildi.

Tartibbuzarlarga nisbatan XMQO xodimlari tomonidan ularni tarqatib yuborish uchun maxsus qurollardan foydalanildi. Shu oʻrinda qoʻllanilgan «Tovush va yorugʻlik orqali taʼsir etuvchi, koʻzni yoshlantiradigan, tutun hosil qiladigan granatali otilmalar» vositasi haqida toʻxtalib oʻtmoqchiman. Texnik xususiyatiga koʻra, ushbu vositalar olomonga qarata otilganda 50-400 metrgacha masofada yerga tushadi va qisqa vaqtda kichik detonatsiya sodir boʻlib, koʻzni yoshlantiruvchi tutun va eshitish organiga taʼsir qiluvchi tovush hamda yorugʻlik tarqatadi. Aksariyat holatlarda granata otilgandan keyin olomon orasiga borib tushganda odamlar u yerdan uzoqlashadi, lekin kecha sodir boʻlgan voqealarda spirtli ichimlik va giyohvand moddalar taʼsiri ostida boʻlgan shaxslar granata borib tushgandan soʻng undan uzoqlashmasdan, aksincha, uni olib harbiylarga qaytarib otishga harakat qilishgan holatlar kuzatildi. Bu esa oʻzining salbiy oqibatini keltirib chiqarib, portlash natijasida bitta holatda fuqaroning yuz qismiga jarohat yetkazdi. Yana bir holatda esa granataning ustiga yiqilganligi natijasida dumgʻaza qismida detonatsiya sodir boʻlib, ogʻir tan jarohati oldi. Ushbu holatlar ijtimoiy tarmoqlarda ham keng tarqaldi va hozirda qanday qurol qoʻllanilganligi haqida notoʻgʻri fikrlar ham paydo boʻlib muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

Tartibsizliklar natijasida 243 nafar fuqaro shifoxonalarga murojaat qilgan, ularning 149 nafariga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, muolajalarni uyida davom ettirishga ruxsat berilgan. Hozirda kasalxonalarda jami 94 nafar bemor davolanmoqda. Jarohatlanganlar orasida huquq-tartibot idoralari xodimlari ham bor.

14 nafar fuqaro tartibsizliklar sodir boʻlgan joyda turli jarohatlar olib, vafot etgan, ulardan 13 tasi alkogol va giyohvand taʼsirida boʻlganligi aniqlangan.

Vafot etganlar orasida xizmat burchini bajargan 4 nafar harbiy xizmatchi ham bor.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur voqealar roʻy bergan kunlari ikki marta Nukus shahriga tashrif buyurib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi aʼzolari, faollar bilan uchrashib, barcha masalalarga oydinlik kiritdi. Nukus shahridagi mahallalarda boʻlib, aholi bilan uchrashib, oʻzbek va qoraqalpoq xalqlari bir tanu bir jon ekanligini taʼkidladi. Qoraqalpoq xalqining tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan ushbu uchrashuvlar aholini tinchlantirdi va namoyishchilarning tarqalishiga sabab boʻldi.

Hozirda vakolatli davlat organlari tomonidan yuqorida qayd etilgan holatlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, tergov harakatlari davom etmoqda. Jinoyat ishlari natijalari boʻyicha toʻliq maʼlumot tergov harakatlari toʻliq, xolisona, qonuniy oʻtkazilgandan keyin taqdim etiladi.

Hozirgi kunda Prezident farmonidan kelib chiqib Favqulodda holat rejimi joriy etilgan. Hududga kirish va chiqish, maxsus toifalangan obyektlar, yashash maromini taʼminlovchi tashkilotlar faoliyati tizimli yoʻlga qoʻyilib, nazoratga olingan. Nukus shahri va boshqa tumanlar tinch-osuda hayot tartibiga qaytmoqda, – dedi Zafar Alimov».

Internetda “Nukus koʻchalari qonga toʻldi” degan izoh bilan video tarqalgandi. Keyinchalik ushbu videoda qon emas, balki olomonni tarqatish uchun sepilgan qizil rangli maxsus suv ekanligi maʼlum qilingandi.

OʻzA ushbu vaziyatga yanada oydinlik kiritish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi komendaturasidan izoh oldi.

Qoraqalpogʻiston boʻyicha Milliy gvardiya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari mayor A.Abduvaliyevning maʼlum qilishicha, haqiqatdan ommaviy tartibsizliklar boʻlgan paytda odamlarni tarqatish maqsadida qizil boʻyoq qoʻshilgan suv sepilgan. Bundan maqsad namoyishchilarni tezda tanib olish va ularni tinch aholidan ajratish boʻlgan.

Masʼulning taʼkidlashicha, ushbu boʻyoq inson salomatligi uchun xavfsiz.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorigʻi Kengesi deputati Ahmad Reymov taʼkidlashicha, hozir hududda hamma narsa barqaror. Barcha tashkilot va muassasalar odatiy holatda ishlamoqda.

– Namoyishlar bilan koʻchaga chiqqan fuqarolarni yoʻnaltirgan odamlar ham boʻlgan, – deydi Ahmad Reymov. – Namoyishchilar qoʻlbola vositalar, armatura bilan chiqishdi. Menimcha, 80 foizi gʻayritabiiy holatda edi. Endi vaziyat barqarorlashdi. Bizga tinchlik kerak.

OʻzA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpogʻistondagi voqealar haqida yangi maʼlumotlar berildi (+video)