Qoraqalpog‘istonda chigit ekish boshlandi
Ellikqal’a tumanidagi “Xudaybergan Ernazarov” fermer xo‘jaligida joriy yilgi chigit ekish mavsumi boshlanishi munosabati bilan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, sohaga mas’ul tashkilot va korxonalar, paxta-to‘qimachilik klasterlari, olimlar va mutaxassislar ishtirok etdi.

Mutasaddilarga chigit ekishni qisqa muddatlarda va sifatli yakunlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Buning uchun mavjud texnikalar kuchidan oqilona foydalanish zarurligi ta’kidlandi. Bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar belgilab olindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tuman paxtakorlari joriy yilda 9 ming 600 gektardan ortiq yerga chigit qadab, mo‘l hosil olishni maqsad qilgan. Buning uchun hozirgi kunda 36 otryad tashkil etilgan.

Nuroniy otaxonlar duosi bilan chigit ekish ishlari boshlab yuborildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov ishtirok etdi.
Chigit ekish mavsumi boshlanishiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar To‘rtko‘l tumanidagi “Agro To'rtko'l Kluster Tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati dalalarida ham bo‘lib o‘tdi.
Dovud Abibullayev, O‘zA