Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mutasaddilari tomonidan  o‘tgan yil davomida amalga oshirilgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘llab-quvvatlashi natijasida ta’lim tizimida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. 

[gallery-22279]

Jumladan, vazirlik delegatsiyasi Angliyaning Kembrij universitetiga tashrif buyurib, xalqaro tan olingan Kembrij ta’lim dasturini joriy etish bo‘yicha memorandum imzolandi. O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim maktablari orasida birinchi marta Nukus shahridagi 46-sonli maktabda Kembrij ta’lim dasturi asosida o‘qitish tizimi joriy etildi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari orasida Qoraqalpog‘iston telekanali bilan hamkorlikda “Bilimdonlar musobaqasi” intellektual teleo‘yini o‘tkazildi. G‘olib jamoa o‘quvchilari Dubay shahriga ta’lim safarida bo‘lib qaytdi.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida ilk bor Amudaryo tumanidagi barcha maktablarda “Qoraqalpog‘iston tajribasi” sifatida onlayn ta’lim sifati monitoringi o‘tkazildi. Ta’lim sifati past bo‘lgan maktablar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Metodik-tur” loyihasi doirasida respublika seminari tashkil etildi. Qoraqalpog‘iston ta’lim tizimida ilk bor fan olimpiadasining O‘zbekiston Respublikasi bosqichi Nukus shahrida muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Vazirlikning kkbilimlendiriw.uz ta’lim platformasi uning huzuridagi IT rezidentlari bilan hamkorlikda ishga tushirildi. Fan olimpiadasining O‘zbekiston Respublikasi bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar ustozlari bilan birga Dubay shahriga ta’lim safariga yuborildi. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida ilk bor “Qoraqalpog‘iston tajribasi” sifatida “Kasbiy ta’limni rivojlantirish kuni”, umumta’lim maktablaridagi mutaxassis va ikkinchi toifali o‘qituvchilarni pedagog kadrlar attestatsiyasiga manzilli tayyorlash tizimi joriy etildi.

Matbuot anjumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilga rejalashtirilgan asosiy vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi. 

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qoraqalpog‘iston tajribasi” joriy etilmoqda