O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati R.Djumamuratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Soliq boshqarmasida  soha mutaxassislari bilan uchrashdi.

Unda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 19 mart kuni kichik va o‘rta biznes vakillari bilan sohaning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish va rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvda belgilangan maqsad va vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Uchrashuvda  soliq to‘lash tizimini soddalashtirish, soliq yukini kamaytirish,  kichik va o‘rta biznes tadbirkorlarining soliq hisobotlarini topshirish, imtiyozlardan foydalanish, shuningdek, aholi murojaatlaridan kelib chiqib, Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha   mutaxassislarning takliflari tinglandi.

***

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining sudyasi N.Baltabayeva va institut profilaktika inspektori A.Bekbergenov mazkur qarorning mazmun-mohiyatiga, shuningdek, mamlakatimizda xavfsiz hududni yaratish va huquqbuzarlikning oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qilinayotgan chora-tadbirlarga to‘xtaldi.

Uchrashuvda talaba-yoshlar sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

***

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Baxitbay Aldamuratov Chimboy tumani “Kenes” ovul fuqarolar yig‘inida joylarda saylovchilar, tadbirkorlik sub’ektlari, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy soha vakillari bilan uchrashdi.

Unda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va bandlikni ta’minlash borasida davlat darajasida qaratilayotgan e’tibor, davlat dasturlarining mazmun-mohiyati, tadbirkorlar uchun imtiyozlar haqida ma’lumot berildi. Uchrashuv davomida hududdagi tadbirkorlik sub’ektlari, fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning murojaat va muammolari o‘rganildi. Shuningdek, xalq vakili yashillik darajasini yanada oshirish, “Dolzarb bir oylik” tadbiri doirasida hududda ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘nalishida tumandagi “Toza hudud” unitar korxonasi tomonidan olib borilgan ishlar bilan ham tanishdi.

Deputat tomonidan “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan rekonstruksiya va ichki ariqlarni betonlash ishlari, eng chekka hududlardagi iste’molchilarga suv yetkazib berishda sug‘orish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik binolarning holati ko‘zdan kechirildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi xabarlari – qisqa satrlarda