Smeta-loyiha hujjatlariga koʻra, Mudofaa ishlari boshqarmasi 3 qavat hamda yertoʻladan iborat boʻlib, zamonaviy andozada barcha qulayliklarga ega boʻlgan 70 dan ziyod xizmat xonalarini oʻz ichiga oladi.

Nukus shahrida Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Farxodjon Shermatov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasining maʼmuriy binosi qurilishi bilan bogʻliq jarayonni koʻzdan kechirdi hamda qurilish ishlariga ramziy start berdi.

Bu haqda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati OʻzAga maʼlum qildi.

Taʼkidlash joizki, shu yilning may oyida Nukus shahri markazida “Nukus city” shaharchasining qurilishi tufayli Qoraqalpogʻiston koʻchasi 11-uyda joylashgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasining maʼmuriy binosi vaqtincha boshqarmaning chaqiruv uchastkasi joylashgan hududga koʻchirilgan edi.

Mudofaa ishlari boshqarmasi binosi qurilishi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalliy byudjetidan 5,950 million soʻm mablagʻ ajratilib, tender savdolari yakunlari boʻyicha qurilish ishlari “Golden star” MCHJ tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasining yangi binosi qurilishi boshlandi
Жамият
17:51 / 16:07:2020