Qoraözakda 200 megavatt quvvatli şamol elektr stansiyasi işga tuşiriladi
Qoraqalpoğiston Respublikasi Qoraözak tumanida “Nukus-2” şamol elektr stansiyasi va akkumulyatorli energiya saqlaş tizimini barpo etiş böyiça xalqaro loyiha işga tuşiriliş arafasida.
Mamlakatimiz hukumati va Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida amalga oşirilayotgan mazkur loyiha qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalanişni kengaytiriş, energetika xavfsizligini mustahkamlaş hamda “yaşil” iqtisodiyotga ötişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Loyiha doirasida umumiy quvvati 200 megavatt bölgan şamol elektr stansiyasi, 26 ta şamol turbinasi generatori hamda 100 megavatt-soat siğimli akkumulyatorli energiya saqlaş tizimini barpo etiş közda tutilgan.
Şuningdek, işlab çiqarilgan elektr energiyasini uzatiş uçun 44 kilometrlik yuqori kuçlanişli elektr uzatiş tarmoğini quriş, 220 kilovoltli taqsimlaş qurilmasini barpo etiş va Beruniy podstansiyasini kengaytiriş işlari olib borilmoqda. Quriliş jarayonida 200 nafardan ortiq mahalliy aholi vakilining bandligi taʼminlangan.
Zamonaviy majmua şamol energiyasidan samarali foydalaniş, işlab çiqarilgan elektr energiyasini saqlaş va zarur paytda tarmoqqa uzatiş imkonini beradi. Bu esa energetika tizimida qayta tiklanuvçi energiya manbalari uluşini oşiriş, anʼanaviy yoqilği resurslariga ehtiyojni kamaytiriş hamda atmosferaga zararli gazlar çiqarilişini qisqartirişga xizmat qiladi.
[gallery-32467]
Loyihani moliyalaştiriş böyiça kelişuv 2025-yilda imzolangan. Majmuani joriy yilning törtinçi çoragida işga tuşiriş rejalaştirilgan.
Maqsad HABIBULLAYEV (surat), ÖzA