Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida xorijiy investitsiya loyihasi doirasida ammiak va karbamid ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Kipr Respublikasining “Semanti Limited” kompaniyasi hamda “Qorako‘l Erkin iqtisodiy zonasi o‘rtasida kelishuv memorandumi imzolandi. Unga  ko‘ra, Qorako‘l erkin iqtisodiy zonasi hududidagi 55 gektar yer maydonida umumiy qiymati 600 million AQSH dollari bo‘lgan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan “Ammiak va karbamid ishlab chiqarish” zavodini qurish ko‘zda tutilgan.

Ushbu investitsiya loyihasi ishga tushirilishi natijasida kuniga 1500 tonna ammiak va 1800 tonna karbamid ishlab chiqariladi. 500 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Ushbu yirik loyiha 2023-2026 yillarda to‘liq ishga tushiriladi.  

Zarif Komilov,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qorako‘lda ammiak va karbamid ishlab chiqariladi