Qoraboyev Husniddin Kamolovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida uy vazifalarini tashkil etishning ilmiy-metodik asoslari” mavzusida
Qoraboyev Husniddin Kamolovichning 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida uy vazifalarini tashkil etishning ilmiy-metodik asoslari” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2026-yil 20-may soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 103-uy.
Tel: (90) 937-65-86
e-mail: monitoring@navoiy-uni.uz