Qorabayir otlarining jozibasi
FOTOETYuD
Ajdodlarimiz qorabayir otlarini na tog‘, na dashtni pisand qiladigan, ochlikka, suvsizlikka chidamli yilqi bo‘lgani uchun g‘oyat qadrlagan. Ular tabiatan mag‘rur, jasur, uchqur va ziyrakdir. Odatda, egasining sadoqatli do‘sti, oilaning teng a’zosi hisoblangan. Qorabayir otlari ushbu xislatlari bilan boshqa zot otlardan alohida ajralib turgan. Yilqichilik ilmini puxta egallagan xalqlarning tulporlarigina shunday serqirra xarakterga ega. Zotan, Xitoy imperatorlari ming yillar ilgari qorabayir otlarga ishqiboz bo‘lib, ularni “samoviy tulporlar”, deb atagani ham bejiz emas.


