FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro hunarmandchilik festivali yurtdoshlarimiz va mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashmoqda. Xalqaro hunarmandchilik festivali butun shaharga bayramona ruh bag‘ishlamoqda. Turli mamlakatlardan tashrif buyurgan hunarmandlar o‘z asarlarini namoyish etib, mehmonlar e’tiboriga yuksak mahorat namunasini taqdim etayotir.
Festival do‘stlik va hamjihatlik maydoniga aylangan: milliy liboslar, rang-barang sahna ko‘rsatuvlari hamda hunarmandlarning benazir ishlanmalari tomoshabinlarga o‘zgacha taassurot ulashmoqda.
[gallery-25388]
Ishtirokchilar va mehmonlar festivaldan ijobiy ruh va ko‘tarinki kayfiyat bilan chiqishmoqda. Har bir ustaning asari orqali xalqimizning boy tarixi, madaniyati va an’analari namoyon bo‘layapti.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA