Qo‘qondagi 2 ta podstansiya quvvati oshirilmoqda
Farg‘ona viloyatida iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida qator ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Qo‘qon shahri hamda Dang‘ara tumanlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi «Furqat» hamda «Charxiy» podstansiyalari quvvatini oshirish maqsadida yangi 25 000 kVA bo‘lgan kuch transformatorlari o‘rnatilmoqda.
[gallery-14700]
Ushbu podstansiyalarda olib borilgan modernizatsiya ishlari natijasida hududdagi 27 mingga yaqin aholi hamda 400 dan ortiq ulgurji iste’molchilarning elektr ta’minoti yanada yaxshilanadi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA