Xalqimizda oqqan daryo oqaveradi, degan hikmatli so‘z bor. Qo‘qonliklar bugungi kunni uzoq kutdilar. Nihoyat o‘sha kun keldi. Bugun Qo‘qondagi sobiq aeroport o‘rnida uzoq  masofalarga ham uchadigan laynerlarni qabul qila oladigan yangi, zamonaviy aeroport qurilishi davom etyapti. Bu yerga barcha turdagi qudratli texnik vositalar va viloyatning eng malakali quruvchilari jalb etilgan.

Birinchi bosqichda asos mustahkamligi  xalqaro talablarga javob beradigan uchish-qo‘nish yo‘lagi bunyod etiladi. Loyiha ishlari, ekspertiza xulosalari asosida har bir santimetr zichligi alohida nazoratda. Axir kelgusida unga xalqaro aeroport maqomi berish ko‘zlangan. Bu aholi uchun qulay sharoit hamda Toshkent aeroporti “yuki”ni yengillashtiruvchi vosita hamdir. 

–Hozirgi kunda mavjud qoplamani ko‘chirib, yo‘l asosini tekislab uni mustahkamlash ishlarini olib boryapmiz, – deydi Farg‘ona yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi  ish yurituvchisi Behzod Kamoliddinov. – 270 dan ortiq texnika va 300 dan ziyod ishchi mutaxassislar mehnat qilyapti. Uchish-qo‘nish yo‘lagi uzunligi 2000, eni 45 metr. Havo yaxshi bo‘lsa, fevral oyidan qoplama yotqishiz ishlarini boshlaymiz.

Aslida bu noyob ob’ekt quruvchilar uchun ham katta sinov. Ular bor mahorat va malakalarini ishga solib harakat qilishmoqda.

–Bu yo‘lovchilarni  ro‘yxatdan o‘tkazish va uchirish zali. Bu yerda ham loyiha asosida qurilish olib boryapti, – deydi Behzod Kamoliddinov. –Uchish-qo‘nish yo‘lagida boshlanishdan oxirigacha 70 foiz ishlar yakunlandi. Rejamiz 1-fevralgacha aerodromning yer ishlarini tugallash.

Bu yerda esa yangi terminal qad rostlayapti. Unda yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, kutib olish, yuk chiqarish kabi majburiy bo‘limlardan tashqari xizmat ko‘rsatishning bir necha turlarigacha bo‘ladi.

Turkiyaga ketyapman, ha, o‘zimizning Qo‘qondan uchaman, degan so‘zlarni eshitadigan kunlar yaqin qoldi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/kOUr4Qj6IKk?si=JYbQJThQvy9zFFiq" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Muallif: Muhammadjon Obidov

Tasvirchi: Elyor Olimov

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘qonda yangitdan aeroport qurilmoqda (+video)