“Qo‘qon mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyati qoshida Kasbga o‘qitish innovatsion markazi tashkil etilib, o‘z faoliyatini boshladi.

Farg‘ona viloyatida tadbirkorlik sub’ektlari va korxonalar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani istiqbolli loyihalarga turtki bo‘lmoqda. Buni “Qo‘qon mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyati misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Ayni kunlarda bu yerda 350 dan ziyod ishchilar, muhandislar va texniklar mehnat qilmoqda. Zavod neft-gaz sanoati, kimyo sanoati  qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarishning turli sohalari uchun nostandart uskunalar va jihozlar tayyorlashga ixtisoslashgan. Mustaqillik yillarida korxonada bir qator modernizatsiya ishlari amalga oshirildi, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Kasbga o‘qitish innovatsion markazning tashkil etilishi esa yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega.

O‘quv markazining ochilish marosimida Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirok etdi hamda bu yerdagi sharoitlar bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan professional ta’lim tizimini mehnat bozoridagi talab va xalqaro andozalarga mos yangicha yondashuvlar asosida isloh qilish ko‘rsatmasi asosida tashkil etilgan ushbu innovatsion o‘quv markazida metalga mexanik ishlov berish, payvandlash ishi, elektromontajchi kasblari bo‘yicha ta’lim jahon standartlariga javob beradigan o‘quv dasturlari asosida olib boriladi.

[gallery-3574]

Viloyat rahbarining 2020 yil noyabr oyida “Qo‘qon mexanika zavodi” AJ faoliyati bilan tanishuvi chog‘ida korxona qoshida kasbga o‘qitish innovatsion markazini tashkil etish tashabbusi o‘rtaga tashlanib, bu loyiha viloyat hokimligi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Viloyat hokimligi tomonidan bir milliard so‘m mablag‘ ajratildi, jismonan eskirgan va ko‘p yillar bo‘sh turgan bino qayta rekonstruksiya va jihozlash natijasida zamonaviy o‘quv markaziga aylantirildi.  

Umumiy qiymati 2,5 milliard so‘m bo‘lgan o‘quv markazi tashkil etish loyihasi doirasida Yevropa mamlakatlarida tan olingan raqamli boshqaruvdagi o‘quv komplekslari keltirildi, Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan o‘quv laboratoriya va trenajyorlar bilan jihozlandi.  

Boshqa o‘quv markazlaridan farqli o‘laroq bu yerda o‘quvchilar oladigan nazariy ta’lim  trenajyorlarda mahoratni sinash hamda bevosita ishlab chiqarish sharoitidagi “ustoz-shogird” an’anasida beriladigan bilim bilan mustahkamlanadi. Kasbga o‘qitish innovatsion o‘quv markazida o‘quvchining malaka ko‘nikmalari maxsus dasturlar orqali nazorat qilinishi e’tiborga loyiq. Mashinasozlik detallarini loyihalashtirish, maxsus dasturlar yordamida chizmalarni va tayyorlanish texnologiyasini ishlab chiqish hamda raqamli boshqaruvdagi dastgohlarda ushbu detallarni tayyorlash jarayoni o‘rgatiladi va kasbiy ko‘nikmalar shakllantiriladi.

M. Sulaymonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘qonda kasbga o‘qitish innovatsion markazi ish boshladi