O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida Qo‘qon shahridagi bog‘da Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqatga haykal o‘rnatish topshirig‘ini bergan edi. Bugun mamlakat ziyolilari, yozuvchi-shoirlari, viloyat ahli vakillari buyuk mutafakkir haykali ochilishiga Xo‘qandi Latifga oshiqdilar.

Furqat 1859 yilda Qo‘qonda tug‘ilgan. Madrasa ta’limini olgach, 1876 yilda Yangi Marg‘ilon – Farg‘ona shahridagi tog‘asinikida bir necha yil yashadi, do‘kondorlik bilan shug‘ullanish asnosida, she’rlar yoza boshlaydi. U 80-yillarning boshlarida Qo‘qonga qaytib, oila quradi va ijodiy ish bilan shug‘ullanadi. 

– Zokirjon Furqat 1889 yilda Toshkentdagi madrasada o‘qishni davom ettirgan. Ko‘kaldoshdagi madrasada Furqat turgan hujra saqlanib qolgan hozirgacha. Bu yerda u Yevropa madaniyati bilan ilk bor tanishgan, gimnaziya, bosmaxona, fotografiya bilan qiziqqan, – deydi G‘afur G‘ulom nomidagi Qo‘qon adabiyot muzeyi direktori Abdullatif Turdaliyev. – U tarjimonlik qilgan va “Turkiston viloyati gazetasi”da ishlagan. Uning she’rlari, publitsistik maqolalari shu gazetada bosilib turgan.

O‘sha yillarda “Ilm xosiyati”, “Gimnaziya”, “Vistavka xususida”, “Akt majlisi xususida”, “Toshkent shahrida bo‘lg‘on nag‘ma bazmi xususida”, ”Suvorov” kabi asarlari maydonga keladi.

Furqat 1891 yilning iyulida Marv – Ashxobod – Boku – Batumi orqali Istanbulga boradi. 

– Qayerga borgan bo‘lsa, o‘sha mamlakat odamlari, tabiati, davlat qurilishi, matbuoti nima haqida yozmoqda, bular bilan qiziqqan va to‘xtovsiz maqolalar yuborib turgan. Hindiston matbuoti haqida alohida maqolasi bor. Yaponiya – Rossiya urushi haqidagi tahliliy maqolalari publitsistikaning yorqin namunalaridir, – deydi Abdullatif Turdaliyev.

1892 yilning martida Istanbuldan Saudiya Arabistonga yo‘l oladi. Makkada “Hajnoma” asarini yaratadi. Haj safaridan so‘ng Bombey –Kashmir – Tibet orqali Sharqiy Turkistonga borib, Yorkentda turg‘un yashab qoladi. 1909 yilda shu shaharda vafot etadi.

Furqat haykalining tantanali ochilish tadbirida so‘zga chiqqan Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov, taniqli adib, O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Hojimatov O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Qo‘qonda Furqat haykalining bunyod etilishi yurtimizda adabiyotga bo‘lgan e’tibor, ijodkorlarga g‘amxo‘rlik ifodasining yuksak namunasi ekanini ta’kidladilar.

– Fasli Navbahor keldi, Ketibon zimistonlar.

Bugun ayni o‘shanday, Furqat yozganidek, xalq boshidagi ko‘lankalar ketib, charog‘on kunga aylangan kun, Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida Yangi O‘zbekistonni qurish kabi oliy maqsad amalga oshayotgan kunlarda Furqatning Qo‘qonga qaytishida juda katta ma’no bor, – deydi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Hojimatov.

Nihoyat harir parda tushirildi. Haykaltaroshlar To‘lagan Toshxo‘jayev va Farid Ahmadjonov Furqat siymosini yoritishda uning hayoti va ijodidagi chizgilarga asoslanishgan. Yozgan asarlari bilan xalqiga, adabiyotga sidqidildan xizmat qilgan inson kabi mag‘rur, ammo ko‘zlari, qarashlarida Vatan sog‘inchi, yurt tuprog‘iga tashnalik aks etgan.

Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat haykali gullarga ko‘mildi. Bu shoir ijodiga e’zoz, vatandoshlik e’tirofi edi.

Shu kuni Yorkentdagi Furqat qabridan olib kelingan tuproq Qo‘qon shahrining “Shayxon” qabristonidagi shoir ramziy qabriga qo‘yildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/6wg7354A7w4" title="Qoʻqonda Furqat haykali ochildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon OBIDOV, Elyor OLIMOV (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘qonda Furqat haykali ochildi (+video)