O‘zbekiston hunarmandchilik namunalari dunyoning eng nufuzli muzeylaridan joy olgan. Ayniqsa, yog‘och o‘ymakorligi, kulolchilik, zardo‘zlik mahsulotlari mashhur. Shuning uchun ham ilk bor 2019 yilda Qo‘qonda I Xalqaro hunarmandchilik festivali o‘tkazilganida dunyoning 60 ga yaqin davlatidan nafis san’at ustalari kelgan edi. Ikkinchi festival ham ishtirokchilarning ko‘pligi, dunyoning eng tanilgan ustalari qatnashgani bilan tarixda qolgan. Mana endi Qo‘qon va Rishton navbatdagi festival hamda forumga hozirlik ko‘rmoqda.

– 80 ta mamlakatdan 250 ga yaqin xorijiy ishtirokchilar kelishi kutilmoqda. Festival doirasida ko‘rgazmalardan tashqari, ilmiy-amaliy konferensiya, mahorat darslari, xalq sayllari o‘tkaziladi, – deydi “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov – Festivalda yosh hunarmandlar o‘rtasida yog‘och o‘ymakorligi, kandakorlik, temirchilik, zargarlik, kulolchilik va to‘quvchilik yo‘nalishlarida alohida – alohida tanlovlar ham tashkil etiladi...

2023 yilda Rishtonda I Xalqaro kulollar festivali tashkil etildi. Bu yil 19-21 sentyabrda Rishton dunyo kulollari poytaxtiga aylanadi. Hozirdanoq Amerika, Yaponiya, Xitoy kabi kulolchilik maktabi rivoj topgan mamlakatlar vakillari festival va forumda ishtirok etishlarini tasdiqladi.

– Hunarmandlar onlayn anketa topshirish yo‘li bilan ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tmoqda. Ular tashkiliy qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqiladi, – deydi Rasuljon Mirzaahmedov. – Shuningdek, festivalga xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari hamda turizm sohasi agentliklari ham taklif etilgan. Festivalni kuzatish uchun minglab sayyohlar kelish istagini bildiryapti. O‘ylaymanki festival orqali biz milliy madaniyatimiz va tariximizni namoyish etamiz. 

Tashkiliy qo‘mitaning yig‘ilishida “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov, Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Xurshid Ahmedov, Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonovlar festival va forumga tayyorgarlikning borishi haqida axborot berdi. Rejadagi vazifalar belgilab olindi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/jVDKuqAfrzw" title="Qo‘qon xalqaro festival va forumga mezbonlik qiladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muallif: Muhammadjon Obidov

Tasvirchi: Elyor Olimov

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘qon xalqaro festival va forumga mezbonlik qiladi (+video)