Avval xabar berganimizdek, bugun Qo‘qonda III xalqaro hunarmandchilik festivali o‘z ishini boshladi. Dastlab 70 ta davlatdan kelgan uch yuzga yaqin xorijiy va mingga yaqin mamlakatimiz hunarmandlari Qo‘qonning ramziy darvozasidan kirib keldilar. So‘ngra hunarmandlar uchun maxsus tayyorlangan rastalar hamda unga kiraverishda qurilgan maxsus ark darvoza ochildi. O‘rda poyidagi ko‘rgazma savdo pavilonlari faoliyatiga izn berildi. Bugun G‘ada Hijjaviy-Qaddumiy nomidagi hunarmandlar muzeyining ochilishi ham tantanaga aylandi. “O‘zbekiston hunarmandlari” kitobining taqdimoti esa yuqori qiziqish bilan o‘tdi. Kunning ikkinchi yarmida “Hunarmandchilik va xalq amaliy san’atini rivojlantirish istiqbollari” mavzuida 38 davlat vakillari ishtirokida ilmiy-amaliy konferensiya ish boshladi.

Kun qanchalar tig‘iz bo‘lmasin, eng muhim voqea oldinda edi. Quyosh bosh qo‘ygach O‘rda maydoniga festival ishtirokchilari va mexmonlari jamul-jam bo‘ldilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Uchinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali va Xalqaro kulolchilik forumi ishtirokchilariga ” tabrik yo‘lladi. Uni Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov o‘qib eshittirdi. Unda jumladan shunday deyiladi:  

“Azaldan o‘zining go‘zal an’analari, jumladan, hunarmandchilik maktablari, mahorat bobida tengsiz ustalari bilan shuhrat qozongan betakror Farg‘ona zaminida o‘tayotgan ushbu san’at bayramlari madaniy hayotimizda chuqur iz qoldiradigan, do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamlaydigan, yosh avlod uchun keng imkoniyatlar ochadigan unutilmas voqea bo‘lib qoladi, deb ishonaman .”

[gallery-25379]

Tantanada so‘zga chiqqan Jahon hunarmandlari kengashi raisi Saad al Kaddumiy O‘zbekiston prezidentiga samimiy tabrik uchun minnatdorchilik bildirar ekan, bu zamin hunarmandchilikning o‘nlab noyob yo‘nalishida mahorat maktabini yaratgan edi. Mana, uchinchi bor O‘zbekiston, Qo‘qon dunyo hunarmandlari nigohi markazida turibdi. Bunday yuksak darajadagi tashkilotchilik va yaratilgan sharoit uchun barcha ishtirokchilar  nomidan tashakkurimizni qabul qiling, dedi.

Shu yerda TURKSOY bosh kotibiyati qaroriga ko‘ra Qo‘qon “Turkiy dunyoning hunarmandlari shahri” deya e’lon qilindi. Bu O‘zbekistonda xalq amaliy san’atini rivojlantirishga qaratilgan ishlarning xalqaro miqyosdagi yana bir e’tirofi edi.  

Shundan so‘ng sahnada o‘zbek, qardosh xalqlar kuy qo‘shiqlariga asoslangan gala konsert namoyish etildi. Unda O‘zbekiston san’at ustalari “Cho‘li bobo hikmatlari” afsonasi atrofida maqom, xalqaro kuy-qo‘shiq va sahna voquliklari namoyish etildi.

- Men paxta tolasidan toshbosmada gul solib mato to‘qiyman, - deydi Eron vakilasi Shima Raxbavdiy. – Ochig‘i O‘zbekiston bunchalar go‘zal, festival esa shunchalar serjilo bo‘ladi, deb o‘ylamagandim. Hunarmandchilik tarix va bugun o‘rtasidagi ko‘prikdir. Men ham xalqlar do‘stligini mustahkamlashga dahldor ekanimdan faxrlanaman.

- Qo‘qonga uchinchi bor kelishim. Festivallar har gal yanada yuksak saviyada o‘tayapti, - deydi Qirg‘iziston hunarmandlar uyushmasi raisi Nurzat Jenbek qizi. – O‘zbekiston hunarmandchiligi biz uchun ham mahorat maktabi bo‘lib qoldi.

Tantanada barcha ishtirokchilar qo‘lni qo‘lga berib birdamlik, do‘stlik raqsini ijro etdilar.  

Bir zum o‘tmay Qo‘qon osmonida porloq yulduzlar charaqladi. Mushakbozlik uzoq davom etdi.

Ertaga Rishtonda Xalqaro kulollar forumi ochiladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/oEBpV-6ZqOs" title="Qo`qon dunyo hunarmandlari nigohida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘qon dunyo hunarmandlari nigohida (+video)