Yurtimizda yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish, yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni ta’minlash borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bunda Prezidentimizning 2021 yil 8 iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori dasturilamal vazifasini bajarmoqda.  

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan yakunlangan 2022 yilda 349 holatda 26,6 gektar yer maydonlari jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan hech qanday hujjatlarsiz noqonuniy egallab olingani va qurilish ishlari olib borilganligi aniqlandi.

– Holatlarning 47 tasida 13,4 gektar yer maydoni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer toifalariga kirsa, 302 ta holatda 13,2 gektar yer maydoni aholi punktlari uchun mo‘ljallangan yer toifasiga mansub, – deydi Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Nishonov. – Aniqlangan noqonuniy holatlarni bartaraf etish yuzasidan fuqarolar va tadbirkorlarga yozma ko‘rsatmalar berilgan. Shu kunga qadar 217 ta holatda 8,4 gektar yer maydoni fuqarolar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etildi va yer maydonlari asl holatiga qaytarildi. Berilgan ogohlantirishlarga qaramasdan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etmagan 132 ta holatda 18,2 gektar yer maydoniga nisbatan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga da’vo arizasi kiritilgan.  

O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 911-moddasida yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish oqibatlari bayon qilingan. Unga ko‘ra, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish ob’ektlarini suv ta’minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi va uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan davlat yer, kadastr va geodeziya nazorati sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun choralar qo‘rilgan. Jumladan, 2022 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan tabiiy resurslarga egalik huquqini buzish, yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik, chegara belgilari, geodezik punktlarni va cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish kabi huquqbuzarliklarni sodir etganligi uchun 2 ming 882 ta holatda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ma’muriy ishlar yuritilgan.

– Ma’muriy huquqbuzarliklarning 2 ming 413 tasiga nisbatan 5,1 milliard so‘mdan ortiq jarima jazosi qo‘llanilgan, – deydi boshqarma boshlig‘i D.Nishonov. – Viloyat bo‘yicha eng ko‘p holat Qiziltepa, Navbahor va Xatirchi tumanlarida aniqlangan. Shuningdek, qolgan 454 ta holatda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan birinchi marta sodir etilganligi, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi qaytarilganligi, egallab olishning oqibatlari bartaraf etilganligi uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi 4-qismiga asosan ma’muriy javobgarlik ishi tugatilgan. 15 ta holatda esa qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga ma’lumotlar kiritilgan.  

Albatta, yer davlat mulki. Undan hech kim noqonuniy va belgilangan tartiblarga rioya qilinmagan holatlarda foydalanishi mumkin emas. Aks holda qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.  

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qonunni buzganlar javobgarlikka tortildi