Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida fuqaro Botir Mingboyevga nisbatan chiqarilgan sud hukmi jamoatchilik e’tiborini tortdi.
Ma’lum bo‘lishicha, u 2023 yilda Rossiyaga borib, ish topa olmaganidan so‘ng qo‘shin safiga qo‘shilgan va keyinchalik Ukraina hududidagi qurolli to‘qnashuvlarda ishtirok etgan.
Tergov va sud materiallariga ko‘ra, Botir Rossiya Federatsiyasi tomonidan olib borilayotgan harbiy harakatlarda xizmat qilgani aniqlangan. Bu esa O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra jinoyat hisoblanadi, chunki fuqarolarning chet elda harbiy harakatlarda qatnashishi qat’iy man etiladi.
G‘allaorol tuman sudi hukmi bilan Botir Mingboyev 3 yilu 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Jazo umumiy tartibdagi koloniyada o‘taladi.
A.Qayumov, O‘zA