Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i G‘ayrat Hamroyev ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda kadastr sohasi bo‘yicha qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.  

Masalan, Vazirlar Mahkamasining joriy yil 22 avgust kunida qabul qilingan “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish (har 3 yilda kamida bir marta) Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Shunga ko‘ra, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari malaka oshirish muddati kelishidan 15 kun oldin Markazga xat yuboradi. Markaz xat kelib tushgan kundan 5 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazuvchini malaka oshirish kursiga qabul qiladi yoki uni rad etadi.

O‘quv kurslarining eng ko‘p hajmi 72 soatni tashkil qiladi. Kurslar tamomlangach, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar test sinovidan o‘tkazilib, testdan muvaffaqiyatli o‘tganlarga sertifikat beriladi. Malaka oshirish davrida ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlanadi. Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar har 3 yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi (suhbat shaklida).

OTMni tugatgan va egallagan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik bo‘yicha 2 yildan kam ishlagan bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.

Shuningdek, matbuot anjumani davomida Vazirlar Mahkamasining joriy yil 22 avgustdagi “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga   xususiy sektorni keng jalb etish doirasida kadastr sohasida   davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori xususida ham fikr yuritildi.  

Qarorga ko‘ra, Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi instituti Uy-joy fondiga oid ko‘chmas mulk ob’ektlariga nisbatan 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Namangan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida, 2024 yil 1 iyuldan boshlab respublikaning barcha hududlarida joriy etilishi belgilanganligi aytib o‘tildi.

O‘lmas Barotov,  

O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar tushuntirildi