Kadastr agentligi Buxoro viloyati Vobkent tumani bo‘limi xodimlari tomonidan hududdagi noqonuniy qurilishlar o‘rganildi. Ayni paytda ularni ixtiyoriy bartaraf qilish choralari ko‘rilmoqda.

– Agentlikning tuman bo‘limi tomonidan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga chek qo‘yish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi Kadastr agentligi Vobkent tumani bo‘limi boshlig‘i Suhrob Ergashev. – Asosiy e’tibor yer to‘g‘risidagi qonunlar ijrosi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan. O‘tkazilayotgan monitoring va nazorat tadbirlarida qonunbuzilishlarning oldini olish, aniqlangan holatlarni bartaraf etish va aybdor shaxslarning tegishli tartibda javobgarlikka tortilishi ta’minlanmoqda. Jumladan, bo‘lim tomonidan 2023 yilning o‘tgan davrida jami 33 holatda 3,16 gektar yer maydonlari fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ularning har biriga ogohlantirish xatlari berildi. Aniqlangan holatlarning 13 tasida yer qonunbuzilishi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ogohlantirishdan keyin ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan. Natijada 1,29 gektar yer maydonlari avvalgi holatiga qaytarilgan. 

[gallery-14500]

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan 82 jismoniy va yuridik shaxsga 611,13 million so‘mdan oshiq jarimalar qo‘llanilgan. Shuningdek, “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 60-moddasi 2-qismiga asosan yuritilgan ishlarning 10 tasi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan birinchi marta sodir etilganligi va o‘zboshimchalik bilan egallagan yer uchastkasini qaytarganligi, oqibatlarini bartaraf etgani uchun huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy javobgarlik ishi tugatilgan va ma’muriy jazodan ozod etilgan. 

Shunday holatlarning biri tumandagi “Latifsobungar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qayd etilgan. Unda fuqaro tomonidan 800 kv metr yer maydoni hech qanday hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan egallab olingan. Beton-poydevor ishlari, yerto‘la hamda g‘ishtdan 2-qavat tiklanganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani ixtiyoriy buzish uchun ogohlantirish xati berilgan. Tushuntirish ishlari natijasida noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf qilindi. Oqibatlarini bartaraf etgani uchun huquqbuzar fuqaroga nisbatan ma’muriy javobgarlik ishi tugatilib, u ma’muriy jazodan ozod etildi. 

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qonunbuzilish holatlari bartaraf etilmoqda