FOTOREPORTAJ
Andijon davlat universitetida «Konstitutsiya haftaligi» doirasida viloyat sudi hamda viloyat ma’muriy sudi xodimlari, huquqshunos olimlar ishtirokida qonun hujjatlari mazmun-mohiyati hamda «Konstitutsiyani o‘rganamiz», «Konstitutsiya – adolat tantanasi» mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat sudi sudyasi N. Rasulov so‘nggi yillarda iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-ma’rifiy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni mustahkamlashda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning o‘rni, «O‘zbekiston – 2030» strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari xususida so‘z yuritdi.
Shuningdek, mas’ullar normativ-huquqiy hujjatlar – ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchilar va talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi hamda ta’lim muassasalari o‘quvchilaridan iborat sport jamoalari o‘rtasida ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish berdi.
[gallery-14937]
Muloqotda ishtirok etgan talabalarga «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish» to‘g‘risidagi qonun hamda mamlakatimizda ayni yo‘nalishda olib borilayotgan amaliy sa’y-harakatlar xususida ham batafsil ma’lumot berildi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA