Qozog‘istonning Olmaota shahrida shaxmat bo‘yicha davom etayotgan “Qonaev CUP-2025” xalqaro turnirining to‘rtta turi ortda qoldi.

19 davlatning 260 nafardan ziyod shaxmatchilari qatnashayotgan musobaqada o‘zbekistonlik shaxmatchilarning natijalari u qadar e’tiborli emas. Lekin hali oldinda 5 ta tur o‘yinlari borligini e’tiborga olsak, ko‘rsatkichlar o‘sishiga umid qilsak bo‘ladi.  

Kecha o‘tkazilgan 4-tur o‘yinlarida mamlakatimiz shaxmatchilaridan “Challengers” guruhida kurash olib borayotgan Miraziz Matyoqubov g‘oliblikka erishgan bo‘lsa, Aleksey Barsov va Azamat Daurimbetov mag‘lubiyatga uchradi.  

Turnirning “Masters” guruhida qatnashayotgan Humoyun Bekmurodov va Muhammadzohid Suyarov esa durangga erishdi.

Bugun, 7 avgust kuni xalqaro turnirning 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Mukofot jamg‘armasi 100 ming AQSH dollaridan iborat turnirning “Challengers” guruhida qatnashayotgan shaxmatchilarimizdan Miraziz Matyoqubov, Aleksey Barsov va Azamat Daurimbetov 3 ochko jamg‘argan holda 83 nafar qatnashchi orasida qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 9-12-o‘rinlarda bormoqda. Guruhda yetakchilik qilayotgan qozog‘istonlik Abduqahhor Abdulmansur hisobida 4 ochko mavjud. Uni taqib etayotgan 7 nafar shaxmatchi 3,5 ochkoga ega bo‘lib turibdi.  

“Masters” guruhida karvonboshilik qilayotgan hindistonlik Aditiya Mittal 3,5 ochkoga ega bo‘lgan vaziyatda hamyurtlarimizdan Muhammadzohid Suyarov 15 nafar shaxmatchi singari 2 ochkoga, Humoyun Bekmuratov 11 nafar shaxmatchilar qatorida 1,5 ochkoga  egalik qilib, musobaqadagi ishtirokini davom ettirmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, 9 ta turdan iborat turnir 12 avgustgacha davom etadi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qonaev CUP-2025”: 4 ta tur ortda qolgan vaziyatda ko‘rsatkichlar yaxshilanishiga umid qilsa bo‘ladimi?