Vatanimiz tarixidagi 28 avgust sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

865 yil (bundan 1160 yil oldin)Xuroson va Markaziy Osiyo fani va madaniyati an’analarini Bag‘dodda davom ettirgan yirik qomusiy olim Abu Bakr Roziy tavallud topdi. “Islom ensiklopediyasi”da ta’kidlanishicha, Roziy tabobat sohasida katta obro‘ga ega allomalardan biri bo‘lgan. Ibn Nadim Roziyning 113 ta kitobi va 28 ta risolasini, Ibn Abu Usaybi’a esa 232 ta asarining nomini keltiradi. Mutaxassislarning hisoblariga ko‘ra, olimning manbalarda eslatilgan asarlarining umumiy soni 270 dan ortadi. Olim tabobat va kimyodan tashqari dorishunoslik, falsafa, mantiq, riyoziyot, falakiyot, ilohiyot va boshqa fanlarga oid turfa risolalarning ham muallifi hisoblanadi.

Roziyning riyoziyot, falsafa va boshqa fanlarni chuqur bilgan buxorolik Muhammad ibn Yunus ismli sevimli shogirdi bo‘lgan. Bundan tashkari, uning Buxoroga kelgan kezlarida Somoniylar hukmdorini falajdan tuzatgani haqida ma’lumotlar bor. Bu esa uning Ray va Bag‘dod shaharlarida faoliyat ko‘rsatganiga qaramasdan, Markaziy Osiyo, xususan, Buxoro donishmandlari bilan uzviy aloqada bo‘lganidan dalolat beradi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Abu Bakr Roziy turli fan sohalariga oid ikki yuzdan ortiq ilmiy kashfiyotlar muallifi bo‘lib, ulardan yarmiga yaqini tabobat, yigirma bittasi alkimyo, qolganlari esa falsafa, fizika, falakiyot, optika, riyoziyot va boshqa fanlarga oid ekanligi ta’kidlanadi.

1404 yil (bundan 621 yil oldin) – Ispaniyadan Samarqandga – Amir Temur saroyiga otlangan elchilar guruhi Sohibqiron tavallud topgan yer – Keshga (hozirgi Shahrisabzga) yetib keldilar. XV asr boshlaridagi Kesh haqida shu elchilik tarkibida bo‘lgan Rui Gonsales de Klavixoning “Kundaliklar”ida quyidagilarni o‘qiymiz: “Ertasi kuni, 1404 yilning 28 avgust payshanba kuni, tushlik paytida Kesh deb atalmish katta bir shahar oldiga kelib to‘xtadik. Shahar har bir tarafini soy va ariqlar kesib o‘tgan tekislik yerda joylashgan ekan. Shaharning tevaragi obod qishloqlar va bog‘lar bilan o‘ralgan edi. Uning tevarak-atrofi ham tekis bo‘lib, ko‘pgina obod qishloqlar, nahrlar, o‘tloqlar bor. Yozda bu yer juda chiroyli. Sug‘oriladigan yerlarida bug‘doy, uzum, paxta, qovun-tarvuz yetishtiriladi, katta mevali daraxtlar o‘sadi. Shahar paxsa devor va chuqur xandaq bilan o‘ralgan, darvozalari qarshisida osma ko‘priklar o‘rnatilgan. Temurbekning asli Keshdan. Otasi ham shu yerda tug‘ilgan. Katga imoratlar va masjidlar ko‘p. 

Imoratlardan biri, Temurbek hali qurib bitirmagan juda katta saroy, uning ichida katta bir maqbara joylashgan. Unga Temurbekning otasi dafn etilgan. Yana bitta maqbara ham bo‘lib, uni Temurbek o‘zi uchun qurdirgan. Lekin, u hali bitkazilmagan. Aytishlaricha, u bundan bir oy oldin Keshda bo‘lganida uni ko‘rib yoqtirmagan, chunki eshiklari past qilib qurilgan ekan. Temurbek uni qaytadan qurishni buyurgan. Hozir qurilishda ustalar ishlab turibdi. Bundan tashqari, mazkur maqbara ichida hozir uning Jahongir ismli to‘ng‘ich o‘g‘li yotibdi. Masjid bilan maqbaraning devor va shiplari oltin, lojuvard va koshinlar bilan qoplangan, sahni katta va unga daraxtlar ekilib, hovuzlar qurilgan. U yerga Temurbekning amri bilan har kuni, otasi va o‘g‘lining ruhini yo‘qlab yigirmata pishirilgan qo‘y go‘shti yuborilib turiladi. Elchilarni ushbu masjidga olib bordilar va ularning oldiga dasturxon yozib, ko‘p go‘sht va mevalar tortib ziyofat qiladilar”. 

1876 yil (bundan 149 yil oldin) – sharqshunoslarning Pegerburgda o‘tkazilgan uchinchi xalqaro kongressida nemis sharqshunosi, tilshunos olim Karl Eduard Zaxau ulug‘ mutafakkir olim, o‘rta asrlarning buyuk daholaridan biri Abu Rayxon Beruniy xaqida yig‘ilganlarga to‘liq malumot berdi hamda allomaning yaqindagina nashrdan chiqqan “Xronologiya” asarining arabcha matnini barchaning e’tiboriga havola etdi. 

1909 yil (bundan 116 yil oldin) – energetik olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan energetik Hosil Fozilov tavallud topdi (vafoti 2003 yil). U – elektr tizimlari rejimlarini tahlil qilish nazariyasining asoschilaridan biri. Uning rahbarligida respublikaning elektr energetika resurslarini o‘zlashtirish loyihalari ilmiy jihatdan asoslab berildi, elektr tizimlarini hisoblash algoritmi yaratildi. 

1923 yil (bundan 102 yil oldin) – Turkiston Xalq xo‘jaligi markaziy kengashi qarori bilan O‘rta Osiyoda ipakchilikni rivojlantirish va holatini yaxshilash, ipak xomashyosini tayyorlash, qayta ishlash, tashqi hamda ichki bozorda sotish uchun “Turkipak” tresti aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.

1931 yil (bundan 94 yil oldin) – rang-tasvir ustasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faxriy akademigi, O‘zbekiston xalq rassomi Ro‘zi Choriyev tavallud topdi (vafoti 2004 yil). U o‘z asarlarida o‘lka manzaralari, o‘tmishi va bugungi kuni, kishilarini yorqin bo‘yoklarda katta mahorat bilan aks ettirgan. Uning ijodi rang-tasvirga milliy ruh, urf-odatlar, zamondoshlar, mashhur namoyandalar obrazlari turkumini olib kirishi, qishloqlarda tasviriy san’at galereyalarini tashkil qilishi bilan alohida ahamiyatga ega. U 1998 yilda “El-yurt xurmati” ordeni bilan mukofotlangan.

1935 yil (bundan 90 yil oldin) – Abdulla Qodiriyning tarjimasi asosida Hamza teatri (hozirgi O‘zbek milliy akademik drama teatri) “Uylanish” pesasini sahnaga qo‘ydi. Spektakl katta muvaffaqiyat qozondi. Abdulla Qodiriy Hamza teatri jamoasining iltimosi bilan Nikolay Gogolning “Uylanish” komediyasini o‘zbek tiliga tarjima qilishga kirishgan va uni 1935 yilda muvaffaqiyatli tugallagan edi. Asarning tarjimasi va uni ijro etgan artistlarning faoliyatlari haqida o‘sha davr vaqtli matbuotida bir qator ijobiy maqola va taqrizlar chop etilgan. 

Qodiriy “Uylanish” komediyasini tarjima qilishga kirishar ekan, asardagi har bir personaj xarakterini chuqur o‘rganib, shu xarakter mohiyatini ochishga yordam beradigan so‘zlar va ifodalarni topishga intilgan. Mazkur spektaklga taqriz yozgan Sotti Husayn adibning tarjimonlik mahoratiga yuqori baho bergan. Afsuski, tarjimaning to‘la matni 1937 yilning g‘ala-g‘ovur kezlarida yo‘qolgan. Ammo asar birinchi pardasining suflyor nusxasi Izzat Sulton arxividan topilib, J.Sharipovning “Badiiy tarjimalar va mohir tarjimonlar” kitobida 1972 yilda e’lon qilingan.

1991 yil (bundan 34 yil oldin) – O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi va Markaziy nazorat qo‘mitasining qo‘shma Plenumi Respublika Kompartiyasining KPSS Markaziy Qo‘mitasi bilan har qanday aloqasini to‘xtatishga, KPSSning barcha tashkilotlaridan chiqishga, uning Markaziy organlaridagi o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.

1991 yil (bundan 34 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat simfonik orkestrini O‘zbekiston milliy simfonik orkestriga aylantirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

1992 yil (bundan 33 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasvirini tayyorlash va undan foydalanish masalalari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

1992 yil (bundan 33 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Nigeriya Federativ Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini o‘rnatdi. 

1996 yil (bundan 29 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand shahrini «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida” hamda “Shahrisabz shahrini «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida” farmonlari qabul qilindi.

1996 yil (bundan 29 yil oldin) – “Miskin–To‘rtko‘l” temir yo‘li qurilishi tugallandi. Dastlabki poyezd To‘rtko‘lga yo‘lovchilarni olib bordi.

1998 yil (bundan 27 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “«El-yurt hurmati» ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”, “Davlat yer kadastri to‘g‘risida” qonunlari qabul qilindi.

2000 yil (bundan 25 yil oldin) – YUNESKO Toshkentda saqlanayotgan Usmon Mushafining asl nusxa ekanini tasdiqlovchi hujjat – sertifikat berdi. Bu muborak Qur’on uchinchi xalifa Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu) buyrug‘iga asosan VII asrda (milodiy 644–648 yillarda) kiyik terisiga ko‘chirtirilgan. O‘sha davrda jami olti nusxa Mushaf ko‘chirtirilgan edi. 

2009 yil (bundan 16 yil oldin) – Toshkent shahri markazida “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi ochildi. Amir Temur xiyoboni me’moriy ansamblining durdonasiga aylangan mazkur saroy o‘z mahobati, salobati, betakror tarixi, zamonaviy landshaft dizayni bilan Toshkent shahri chiroyiga chiroy qo‘shdi. “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyining balandligi 48 metr. U 300 o‘rinli majlislar zali, 300 o‘rinli qabullar zali va 1800 o‘rinli anjumanlar zaliga ega.

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida strategik sherikchilikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jizzax shahrida «Qozon (Volgabo‘yi) federal universiteti» federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “Toshkent shahrida «S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti» federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qarorlari qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qomusiy olim Abu Bakr Roziy tavalludiga 1160 yil to‘ldi