Qomusimiz baxtimiz: talaba yoshlar bilan muloqot
Andijon Yuridik texnikumida “Qomusimiz baxtimiz” mavzusida ijodkorlar va talabalar o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi tashabbusi bilan mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi oldidan tashkil etilgan tadbirda jurnalistlar, yozuvchilar hamda talabalar ishtirok etib, Bosh Qomusimizning yurtdoshlarimiz hayoti, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va roli, yoshlarning huquqiy savodxonligi xususida so‘z yuritildi.
Uchrashuvda Qomusimizni o‘rganish, yoshlarning Konstitutsiyaga oid bilimlarini boyitish, huquqiy bilim va savodxonligini oshirish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.
Talabalar bilan savol-javoblar o‘tkazildi. Talaba yoshlar o‘z chiqishlari orqali Konstitutsiyani qay darajada o‘rganganliklarini namoyish etdi.
[gallery-4508]
– Konstitutsiyamizda biz yoshlarning o‘qishimiz, bilim olishimiz, kasb-hunar egallashimiz, umuman, hayotimiz bilan bog‘liq huquq, burch va majburiyatlarimiz belgilangan, – deydi Andijon Yuridik texnikumi talabasi Saidbahrom Nazirjonov. – Shu bois, bosh Qomusimizni qanchalik chuqur o‘rgansak, o‘z huquq va majburiyatlarimizni teranroq anglaymiz, huquqiy bilim va tafakkurimiz keng bo‘ladi.
Uchrashuvda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi tomonidan talabalarga “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” kitobi sovg‘a qilindi.
F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA