Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Navoiy viloyati Karmana tumani bo‘limi tomonidan qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlarining savdosi fosh etildi.
Bo‘lim xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2 210 dona qalbaki aksiz markalar, 193 dona shisha idish, 104 dona alkogol mahsuloti va qo‘lbola usulda ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa jihozlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlarini “R.M.” oilaviy korxonasi rahbari Sh.R. Kumushkon mahallasi hududidagi xonadonida tayyorlagan va savdo do‘konida sotuvga qo‘yilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining 176- va 186-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri