Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida qo‘lbola aroq yasovchi "tadbirkor" faoliyatiga chek qo‘yildi.

Samarqand shahrida yashovchi B.Yu. o‘z xonadonida noqonuniy ravishda spirtni qayta ishlash sexi tashkil etib, iste’molga yaroqsiz bo‘lgan spirtli ichimlik tayyorlash bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi.

Tadbir davomida uning xonadonidan ashyoviy dalil sifatida 2 turdagi 16 dona qo‘lbola usulda tayyorlangan aroq, 540 dona aroq selofan g‘iloflari, 525 dona qopqoq, 30 litr spirt, 40 dona konyak, 1850 litr har xil idishlarda saqlanayotgan vino, shuningdek, bo‘sh aroq shishalari va alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qo‘lbola uskuna hamda yordamchi idishlar tegishli tartibda protsessual hujjatlashtirildi.

Bundan tashqari iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir jarayonida Narpay tumanida yashovchi J.A. va S.S.ning yashash xonadonlarida qo‘lbola usulda tayyorlanib, sotishga mo‘ljallangan 0,5 litr hajmdagi 1500 dona “Stolichnaya” va 0,45 litr hajmdagi 5100 dona “Parlament” nomli aroq mahsulotlarini saqlab kelinayotganligi aniqlandi. Mahsulot va ashyolar tegishli tartibda rasmiylashtirildi.

Ayni paytda ushbu shaxslarga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘lbola aroq yasovchilar fosh bo‘ldi