Qoidabuzar havaskor avtopoygachilarga qonuniy chora ko‘rildi
Toshkent viloyati Piskent tumanida joriy yil 27 mart kuni YPX inspektorlari hujjatlarni tekshirish maqsadida 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro A.T boshqaruvidagi "Neksiya 2" rusumli, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro U.N boshqaruvidagi "Vaz 2101" rusumli, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro K.R boshqaruvidagi "Vaz 2106" rusumli transport vositalarini to‘xtatdi.
Tekshiruv davomida ushbu transport vositalarining dvigatellari avtomobillarga tegishli emasligi, qo‘shimcha jihozlar o‘rnatilgani va shovqin darajasi yuqoriligi aniqlandi. Shundan so‘ng haydovchilarga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtoulovlar vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirildi.
Qayd etish lozimki, haydovchilar avtomobillariga Vazirlar Mahkamasining 2020 yildagi 758 sonli qarori asosida ruxsatnoma olmay turib, boshqa turdagi dvigatellar o‘rnatish taqiqlanadi.
O‘zA