Bu haqda Vazirlar Mahkamasining joriy yil 17 sentyabrdagi “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini atestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan.

Qarorga muvofiq, pedagog kadrlarga qog‘oz shaklidagi atestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikat berish amaliyoti bekor qilinib, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikat berish tartibi joriy etiladi.  

Pedagog kadrlarga ushbu qaror qabul qilungunga qadar berilgan atestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar o‘z kuchida qoladi hamda amaldagi malaka toifasini tasdiqlashda va amal qilish muddati tugagunga qadar sertifikatda ko‘rsatilgan malaka toifasi bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari asosida haq to‘lashda hisobga olinadi.

M.Qosimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qog‘oz shaklidagi sertifikat berish amaliyoti bekor qilinadi