Qodirov Sarvar Xoltura o‘g‘lining geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Zarqaynar intruzivining petrologiyasi va ma’dandorligi (Janubiy Nurota)” mavzusida
Qodirov Sarvar Xoltura o‘g‘lining 04.00.03 – “Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya” ixtisosligi bo‘yicha “Zarqaynar intruzivining petrologiyasi va ma’dandorligi (Janubiy Nurota)” mavzusidagi geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti huzuridagi DSc.31/2025.27.12.GM.06.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 9-oktabr kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100164, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Olimlar ko‘chasi, 64g-uy. “H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti” DM.
Tel.: (99871) 209-11-32
e-mail: ingeo@ingeo.uz