Sönggi yangiliklar
Noyabr 2026
| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
Qodiriy izdoshlari – abadiyat darsxonasida

Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida “Abdulla Qodiriy izdoshlari – abadiyat darsxonasida“ nomli adabiy kecha uyushtirildi.
Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida “Abdulla Qodiriy izdoshlari – abadiyat darsxonasida“ nomli adabiy kecha uyushtirildi.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligiga qarashli Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Abdulla Qodiriyning oʻzbek adabiyotida tutgan oʻrni, uning kelajak avlodga qoldirgan boy maʼnaviy merosi alohida eʼtirof etildi.
Kechada “Abdulla Qodiriy yoshlar nigohida”, “Abdulla Qodiriy asarlarining jahon adabiyotida tutgan oʻrni”, “Abdulla Qodiriy – oʻzbek romanchiligining asoschisi” kabi mavzularda maʼruzalar tinglandi.
Yozuvchi-shoirlar, adabiyotshunoslar ishtirokidagi tadbirda “Oʻtkan kunlar” badiiy filmidan musiqiy etyud taqdim etildi.
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Adiblar xiyobonida adiblarimiz haykallari poyiga gul qoʻyishdi.
https://uza.uz/posts/31500
Ulaşiş




